Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

Ederson Ginness rekordlar kitobiga kirdi

Ederson Ginness rekordlar kitobiga kirdi

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” klubining braziliyalik darvozaboni Ederson uchun bu yil omadli keldi. Gvardiola qo‘l ostidagi jamoaga qo‘shiliboq, asosiy posbonga aylandi.
 
Keyin esa chempionat tugashiga bir necha tur qolganida, asosiy ta’qibchisi “MYU”ni orta qoldirib, prem’erliga chempioni bo‘ldi. Endi esa, Ederson “Manchester Siti” mashg‘ulotlarida  to‘pni uzoq masofaga tepib, Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi.
 
Hali shu paytga qadar hech bir darvozabon, o‘z postidan turib tepgan to‘pi 75 metrdan uzoq masofaga borib tushmagandi. Edersonning zarbasi  75,3 metrlik uzoqlikka yetib bordi. Bunday ko‘rsatkich bilan braziliyalik darvozabon Ginness rekordlar kitobining sertifikatini oldi.
 
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Ederson mavsum avvalida “Benfika”dan “Siti” safiga 40 million yevro evaziga o‘tgandi. U  prem’er-ligada o‘tkazgan dastlabki mavsumida 45 bor maydonga tushib, 36 ta gol o‘tkazib yubordi. 21 uchrashuvda davroza daxlsizlini saqlab qoldi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 13:08, 13.05.2018.
O'qildi: 4198 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик