Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bugun futbol. «Nasaf» – «Neftchi»

Bugun futbol. «Nasaf» – «Neftchi»

Baho:
+ | -

Bugun «Markaziy» stadionida Pepsi Superliganing 12-tur doirasidagi «Nasaf» – «Neftchi» uchrashuvi bo‘ladi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

Pepsi Superliga, 12-tur

«NASAF» – «NEFTCHI»

14.05.2018. «Markaziy» stadion. 18:00da

Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent)

Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro)

Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent)

Komissar: Baxtiyor Namozov.

«Nasaf» – «Neftchi» jamoalari hozirgacha milliy chempionatimizda 42 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda “Nasaf” 18 marta g‘alaba qozongan. 15 uchrashuvda «Neftchi» jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida - 58:49.

Mazkur jamoalar Qarshida o‘zaro 21 uchrashuvda maydonga tushishgan. Bo‘lib o‘tgan 14 uchrashuvda «Nasaf»ning qo‘li balan kelgan, 6 uchrashuvda farg‘onaliklar g‘alabaga erishgan. Qolgan birgina uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshida o‘tkazilgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 57ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 38:19ni tashqil etmoqda. Ustunlik “Nasaf” tomonida.

«Neftchi» jamoasi bu yilgi chempionatda hali g‘alaba qozona olmagan. Shuningdek “Neftchi” turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini band etib turibdi.

«Nasaf»ning ham keyingi uchrashuvlarda omadi chopmayapti.Bugun «ajdarlar»dan klub muxlislari g‘alaba kutishmoqda. Bugun «Markaziy»da futbol ishqibozlarini qiziqarli uchrashuv kutmoqda. “Nasaf” bugun milliy chempionatdagi 630-uchrashuvini o‘tkazadi.«Markaziy» stadionga keling va ajoyib futbol uchrashuvini tomosha qiling.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:47, 14.05.2018.
O'qildi: 2321 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик