Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Pepsi Superliga. «Nasaf» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

Pepsi Superliga. «Nasaf» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 12-turiga start berildi. Qarshining "Nasaf" klubi o‘z maydonida musobaqa autsayderi — "Neftchi"ni qabul qildi.

Stadionga yig‘ilgan ishqibozlar hamda uchrashuvda oynai jahon orqali kuzatgan muxlislar ancha zerikarli bahsga guvoh bo‘lishdi. Futbolchilarda negadir katta ishtiyoq kuzatilmadi.

Butun o‘yin davomida muxlislar gol ko‘rishmadi. Faqatgina uchrashuv so‘ngiga kelib Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘lishdi. Bahsning 89-daqiqasida Dragan Cheran "Neftchi" darvozasi tomon belgilangan penaltidan samarali foydalanib, hisobni ochdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Igor Golban "Nasaf"ning ikkinchi golini raqib darvozasiga joyladi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Nasaf" o‘z ochkolarini 17taga yetkazib, musobaqa jadvalidagi pozisiyasini biroz mustahkamlab oldi. Farg‘onaliklar esa so‘nggi pog‘onada qolishmoqda.

Pepsi Superliga, 12-tur.

“Nasaf” – “Neftchi” 2:0.

Gollar: Dragan Cheran (90 penalti), Igor Golban (90+2).

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 5.G‘olib G‘aybullayev (21.Jahongir Aliyev, 75), 6.Azizjon G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 14.SHarof Muhitdinov, 17.Doniyor Narzullayev (55.Slavko Lukich, 46), 22.Igor Golban, 31.Saydullo Rahmatov, 52.SHerzod Temirov (20.Islom Kenjaboyev, 64), 69.Dragan Cheran (s), 92.Umarbek Eshmurodov.

“Neftchi”: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 2.Iskandar Shoyqulov, 3.SHukurali Po‘latov (s), 19.Avazbek O‘lmasaliyev, 20.Husniddin G‘ofurov (27.Davron Mamatov, 90+2), 22.Abdujamol Isroilov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (9.Abdul Aziz Yusupov, 74), 25.Alisher Samatov, 71.Xurshid Asqaraliyev, 90.Islombek Karimov (6.Otabek Ahmadjonov, 58), 95.Dostonbek Tursunov.

Ogohlantirishlar: Abdul Aziz Yusupov 75.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:25, 14.05.2018.
O'qildi: 5028 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик