Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

15 may kuni OFKning “Ommaviy-bolalar futboli kuni”ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tadi

15 may kuni OFKning “Ommaviy-bolalar futboli kuni”ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

2018 yil 15 may kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasining sun’iy qoplamali maydonlarida umumta’lim maktablarining 2009 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar hamda 2007 yilda tug‘ilgan o‘quvchi qizlar o‘rtasida OFKning “Ommaviy bolalar futboli kuni”ga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tadi.

Festival davomida yosh ishtirokchilar maydonda o‘zlarining mahoratlarini namoyish etadilar. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘linadilar va har bir guruhga alohida murabbiy tayinlanadi. So‘ngra har bir guruh o‘ziga ajratilgan maxsus jihozlangan joylarga borib, murabbiylari bilan birgalikda estafeta, to‘p muomalasi, to‘pni qo‘lda o‘ynash, yugurish hamda to‘p nazorati bo‘yicha  mashg‘ulotlar o‘tkazishadi.

Futbol festivali davomida murabbiylar ishtirokchilarni futbolning sir-asrorlari bilan tanishtirishadi. Tadbir so‘ngida ishtrokchilar sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh sportchilarga katta sportga o‘zlarining ilk qadamlarini qo‘yishlarida hamda bo‘lajak musobaqalarga tayyorlanishlarida dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi.

Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston ikkinchi marotaba “Futbol do‘stlik uchun” keng qamrovli ijtimoiy loyihasida ishtirok etadi. Ushbu loyiha doirasida butun dunyo bo‘ylab “Futbol va do‘stlik” kuni nishonlanadi. Butun dunyo bolalari va ularning ota-onalari ushbu bayram munosabati bilan o‘tkaziladigan futbol bilan bog‘liq turli tadbirlarda qatnashadilar.

Toshkentda “Futbol va do‘stlik” kuni OFKning “Bolalar ommaviy futboli kuni”ga bag‘ishlangan futbol festivali doirasida o‘tkaziladi.

Ushbu futbol festivalida “Futbol do‘stlik uchun – 2018” dasturining O‘zbekistondagi yosh elchilari — “Bundyokor” futbol maktabining o‘quvchisi, darvozabon Muslim Abdumannopov hamda yosh jurnalist Mardon Ma’rupov ishtirok etadilar.

Tadbir so‘nggida yosh elchi hamda jurnalist festival davomida tanishgan ko‘plab do‘stlarining qo‘llariga do‘stlik bog‘ichlarini taqib qo‘yadilar.

Eslatib o‘tish joizki, “Futbol do‘stlik uchun” bolalar ijtimoiy loyihasi “Gazprom”ning “Gazprom - bolalarga” dasturi doirasida tashkillashtiriladi. Ushbu loyihaning maqsadi – bolalar futbolini rivojlantirish, bag‘rikenglik tuyg‘usini shakllantirish, turli mamlakat yoshlari o‘rtasida do‘stlik o‘rnatishdir. Ishtirokchilar targ‘ib qiladigan asosiy qadriyatlar – do‘stlik, tenglik, adolat, sihat-salomatlik, tinchlik, sadoqat, g‘alaba va urf-odatlardir.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:09, 15.05.2018.
O'qildi: 1885 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик