Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Afsus va yana afsus… yoxud jarohat tufayli JCH-2018ni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar

Afsus va yana afsus… yoxud jarohat tufayli JCH-2018ni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar

Baho:
+ | -

Payshanba kuni zamonaviy futboldagi eng sovrindor o‘yinchi - braziliyalik himoyachi Dani Alveshning bo‘lajak JCHda qatnasholmasligi ma’lum qilindi.

Xullas, «PSJ» vakili «aut»da qolayotganlarning hozircha uncha uzun bo‘lmagan ro‘yxatini to‘ldirdi. Ha, o‘ziga xos «qora ro‘yxat» qisqa, ammo unga nazar tashlasangiz, achinasiz, afsuslanasiz, baribir.

To‘g‘ri, ulardan ayrimlari Rossiya mundialida maydonga tushishdan hali to‘liq umid uzishmagan, ammo buning uchun qandaydir mo‘’jiza kerak...

Eng katta yo‘qotish mezbonlarda: Rossiya termasi asosiy tarkibning kamida 3 nafar a’zosi xizmatidan foydalanolmaydi.

Tunis termasi hujumkor yarim himoyachi Yusuf Msakniga umid bog‘lay olmaydi. Mahalliy matbuotda yozilishicha, bu jamoa uchun argentinaliklarning Lionel Messidan ayrilishlaridan ham jiddiyroq yo‘qotish...

Loran Kosyelnining navbatdagi jarohati oqibatida Fransiya termasi asosiy markaziy himoyachisisiz qoldi.

Angliya termasi «Liverpul»ning ikki vakili - Aleks Oksleyd-CHemberlen va Jo Gomesdan ayrildi.

«Portu»ning baquvvat tayanch yarim himoyachisi Danilu Pereyra garchi Portugaliya termasi tarkibidan muqim joy olishga ulgurmagan bo‘lsada, Rossiyada nafi tegishi mumkin edi, ammo...

Lars Shtindl bir yilcha oldin Germaniya termasining Konfederasiyalar kubogida zafar quchishini ta’minlagan gol muallifiga aylangan edi, endi...

JCH-2018da ishtirok etmasliklari aniq

Aleksandr Kokorin (Rossiya)

Viktor Vasin (Rossiya)

Georgiy Jikiya (Rossiya)

Aleksandr Selixov (Rossiya)

Dani Alvesh (Braziliya)

Loran Kosyelni (Fransiya)

Aleks Oksleyd-CHemberlen (Angliya)

Jo Gomes (Angliya)

Lars Shtindl (Germaniya)

Danilu Pereyra (Portugaliya)

Yusuf Msakni (Tunis)

Matias Koruxo (Urugvay)

Zuhayr Feddal (Marokash)

Ahmad al Shenavi (Misr)

Rossiya mundialiga kelish-kelmasliklari katta so‘roq ostida turgan yulduz futbolchilarga qarasak, «aut»dagilar ro‘yxati hali ancha uzayishi ham mumkin.

Lekin chin futbol muxlisi ularni tezroq safga qaytib, o‘z jamoalari «zayavka»siga kirishlarini xohlaydi, albatta. Axir JCH-2018 deylik. Neymar yoki Serxio Aguerosiz o‘tishini o‘ylash ham yoqimsiz...

JCH-2018da ishtirok etishlari so‘roq ostida

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:05, 16.05.2018.
O'qildi: 23805 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик