Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

Eron poytaxti Tehron shahridagi “Ozodiy” stadionida Eron hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda vakillarimiz kichik hisobda mag‘lub bo‘lishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 17-daqiqada Ro‘zbeh Chashmiy tomonidan kiritildi. U burchakdan oshirib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 1:0 hisobi o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.

Garchi o‘yinda imkoniyat boy berilgan bo‘lsa ham, tarkibimizdagi bir qator yosh futbolchilar uchun Eron kabi kuchli raqibga qarshi kechgan bu uchrashuv katta tajriba maktabi bo‘lganini ta’kidlab o‘tish zarur.

O‘rtoqlik o‘yini. Eron – O‘zbekiston 1:0
Gol: Ro‘zbeh Chashmiy (17)

Eron MTJ: 30. Amir Obidzoda, 2. Vuriya G‘ofuriy, 26. Muhammad Xonzoda, 19. Majid Husayni, 8. Ali Gulizoda, 13. Ro‘zbex Chashmiy, 10. Karim Ansorifard, 3. Ehson Hoji Safiy, 7. Mahdi Turobiy, 16. Rizo G‘uchannajod, 17. Mahdi Taremi

O‘zbekiston MTJ:1.Botirali Ergashev, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 5.Abbos Otaxonov, 6.Aziz G‘aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Zabihillo O‘rinboyev, 10.Aziz Turg‘unboyev, 17.Jaloliddin Masharipov, 20.Doston Tursunov, 22.Javohir Sidiqov.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:35, 19.05.2018.
O'qildi: 7077 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик