Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/10 00:45 Fiorentina 2-2 Atalanta
30/10 18:30 Qo‘qon-1912 0-0 Qizilqum
30/10 18:30 So‘g‘diyona 1-1 Buxoro
30/10 18:30 Xorazm 0-1 Paxtakor
31/10 01:00 Vilyarreal 0-1 Espanyol
31/10 17:00 Surxon 0-0 Nasaf
31/10 17:00 Mash’al 0-3 Dinamo
31/10 17:30 Chelsi - Man. Yunayted
31/10 18:00 Levante - Atletiko
31/10 19:00 Navbahor 0-0 Andijon
31/10 19:00 Bolonya - Monsa
31/10 20:00 Bornmut - Lids
31/10 20:00 Brentford - Nottingem Forest
31/10 20:00 Koventri Siti - Sanderlend
31/10 20:00 Xall Siti - Ipsvich
31/10 20:00 Manchester Siti - Brayton
31/10 20:15 Rayo Valyekano - Selta
31/10 22:00 Udineze - Roma
31/10 22:30 Betis - Malaga
31/10 22:30 Tottenhem - Kristal Pelas
01/11 00:45 Milan - Inter
01/11 01:00 Barselona - Alaves
01/11 01:00 Aston Villa - Fulhem
01/11 16:00 Lokomotiv - OKMK
01/11 16:30 Komo - Venetsiya
01/11 18:00 Xetafe - Sevilya
01/11 19:00 Frozinone - Torino
01/11 19:00 Lasio - Kalyari
01/11 20:15 Rasing - Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul - Arsenal
01/11 22:00 Lechche - Jenoa
01/11 22:30 Elche - Valensiya

Roberto Manchini: «Zenit»dan ketishni o‘zim xohladim»

Roberto Manchini: «Zenit»dan ketishni o‘zim xohladim»

Baho:
+ | -

Roberto Manchini «Zenit»ni tark etib, Italiya terma jamoasini qabul qilib oldi. Ketish oldidan u rossiyalik jurnalistlar bilan so‘nggi bor suhbat qurdi.

- Eng avvalo, klub rahbarlariga jamoada ishlashimga imkon yaratib berishgani uchun minnatdorchilik bildiraman, - deb gap boshladi Manchini. - Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, muxlislar bundan balandiga munosib edilar.

Ular o‘zlarini fantastik tarzda tutishdi va har doim bizni qo‘llab turishdi. Afsuski, chempionatda g‘alaba qozonish nasib etmadi. Muhim paytda uch nafar yetakchimiz - Kokorin, Mamman va Kuzyayevlarni yo‘qotdik. Bu o‘z so‘zini aytdi.

Jamoadan ketishni o‘zim istadim. Ko‘p narsaga oilaviy majburiyatlar sababchi. Deyarli uch oy oldin ketishga qaror qilgandim.

- Oxirgi o‘yindan so‘ng ketish g‘oyasi kimga tegishli?

- Prezidentga.

- O‘rinbosaringizga qanday maslahatlar berasiz?

- Ishonchim komil, o‘rnimga yanada iqtidorli murabbiy keladi. «Zenit» juda kuchli jamoa. Agar Kuzyayev va Kokorinlar jarohat olishmaganida, Yevropa Ligasining hech bo‘lmaganda yarim finaliga qadar yetib borardik.

- Mavsumdagi eng yomon va eng yaxshi o‘yinlarni aytib bering.

- Ko‘plab uchrashuvlarda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdik. Beshta mag‘lubiyatimizdan to‘rttasida g‘alabaga haqli edik. Shuningdek, «Spartak»ka qarshi safar o‘yinida durangga erishsak, adolatdan bo‘lardi.

- Futbolchilar ketishingizni bilisharmidi?

- Ularga aytmagandim. Lekin ketishim haqida mish-mishlar chiqqanida buni his qilgan bo‘lsalar kerak. Iste’foim to‘g‘risida ular yakshanba kuni ertalab bilishdi.

- Mavsumga qanday baho berasiz?

- Hamisha, har qanday uchrashuvda maksimal natija qayd etishga intilaman, futbolchilardan 100 foiz imkoniyatlarini ishga solishlarini talab qilaman. Har qanday chempionatda bosh sovrinni qo‘lga kiritmasam, ko‘nglim to‘lmaydi.

Yuqorida aytganimdek, yetakchilarning jarohatlari barchasini izdan chiqardi. SSKAga qarshi uchrashuvga qadar chempionlik uchun imkoniyatimizni saqlab turgandik.

- Qaysidir qaroringizdan afsuslandingizmi? Misol uchun, Shatov va Dzyubalarni ijaraga berib yubordingiz.

- Yo‘q, afsuslanmayman. Bu borada xato qildim, deb o‘ylamayman. Agar vaqtni ortga qaytarilganda ham shunday qilgan bo‘lardim.

- Maurisio Sarri va Sinisha Mixaylovichlarning nomzodlari haqida qanday fikrdasiz? Mixaylovichni o‘zingiz tavsiya qilganingiz rostmi?

- Qanday javob berishni ham bilmayman. «Zenit»ning bo‘lajak murabbiyiga hech qanday aloqam yo‘q. Shuningdek, maslahatlar ham bermadim.

- Ishingizning qaysi jihatlaridan qoniqish hosil qildingiz?

- Yevropa Ligasining guruh bosqichida ko‘p gol urdik va «pley-off»da o‘ynadik. Turnirdan ayrim tushunmovchiliklar tufayli chiqib ketdik. Shu o‘rinda aytishim joiz, «Zenit»dagi argentinaliklarning kamida uch nafari jahon chempionatida o‘z terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Ikki nafariga top-klublardan takliflar bor. Zabolotniyning ishga bo‘lgan munosabatidan xursandman. Anton jiddiy yigit. Umid qilamanki, uning kelajagi porloq.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:56, 21.05.2018.
O'qildi: 2583 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик