Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Liveppul» va «Chelci»ni o‘chiring, «Manchectep» va «Bapcelona» umuman kerakmas (antireyting)

«Liveppul» va «Chelci»ni o‘chiring, «Manchectep» va «Bapcelona» umuman kerakmas (antireyting)

Baho:
+ | -

Ko‘pchilik kiberxavfsizlik masalasiga «o‘gay ko‘z» bilan qaraydi — aks holda dunyodagi eng ommalashgan parollar nuqul sodda, to‘pori «algoritmlar»dan iborat bo‘lmasdi.

Virjiniya universiteti va «Dashlane» xavfsizlik xizmati 61 millionta parolni o‘rganib, orasidan eng siyqasi chiqib ketganlarini aniqladi. Qanaqa parollar uchramaydi deysiz: oson esda qoladigan jumlalar, sevimli futbol klublari-yu musiqiy guruhlarning nomlari — bular hatto elementar xavfsizlik talablariga ham javob bermaydi. «Liveppul», «Chelci», «Apcenal», «Manchectep» va «Bapcelona» — futbol fanatlari orasida eng ommalashgan parollar, tadqiqotchilar «Slipknot», «Metallica», «Nirvana», «Green Dau» «Blink182» singari mashhur musiqa guruhlari nomlariga ham ko‘p duch kelishdi.

Fanatlikdan yiroq, yalqov foydalanuvchilar esa o‘ylab-netib o‘tirmasdan duch kelgan kelgan klavishlarni bosib o‘zlariga parol yasab olishgan: «QWERTY», «12Z456» va shunga o‘xshash klaviaturadagi qo‘shni harflar... Oralarida «fahmliroqlari» ham yo‘q emas: «1q2wZe4r», «1qaz2wsx». Ammo quvonishga erta, bu parollar bilan ham uzoqqa bormaysiz. Xakerlarni bilmaysiz-da...

Foydalanuvchi juda ko‘plab tizimlarga kirish uchun ko‘plab bir-biriga o‘xshamagan parollarni eslab qolishi qiyin masala. Turgan gapki, ko‘plar bitta parolni yoki uni sal o‘zgartirib ko‘p tizimlar uchun ishlataveradi — bu juda xavfli. Bunaqada firibgarlar tuzog‘iga tushish yoki ma’lumotlarni o‘g‘irlatish hech gap emas. Buning nimaligini  kiberjinoyatchi shaxsan siz bilan qiziqib qolganida tushunasiz.

Davomi>>>

Kiritildi: 07:45, 05.06.2018.
O'qildi: 15882 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик