Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Pepsi Superliga: “Metallurg” - “Nasaf”. Prevyu

Pepsi Superliga: “Metallurg” - “Nasaf”. Prevyu

Baho:
+ | -

Pepesi Superliganing 15-tur uchrashuvida jamoamiz Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12 iyun seshanba kuni Bekobod shahridagi “Metallurg” markaziy stadionda soat 19:11da boshlanadi.

Ushbu jamoalar bu safar o‘zaro 42-uchrashuvda maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuv “Nasaf” jamoamizning milliy chempionatimizdagi 632-uchrashuvi bo‘ladi.

Pepsi Superliga. 15-tur

“METALLURG” – “NASAF”

12.06.2018. “Metallurg” markaziy stadioni. 19:11da

Bosh hakam: Hasan Ro‘ziyev (Toshkent)

Qanot hakamlari: Aleksandr Burov, Kristina Sereda (ikkisi ham Buxorodan)

Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)

Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Ma’mur Saidqosimov.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda ilk marta 1998 yili tuqnash kelishgan. O‘zaro uchrashuvlarning statistikasiga e’tibor qaratsak, jamoalar milliy chempionatimizda o‘zaro 41 marta to‘qnash kelishgan. Bo‘lib o‘tgan 10 o‘yinda “Metallurg” jamoasining qo‘li baland kelgan. 26 uchrashuvda “Nasaf” g‘alabaga erishgan. 5 o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha “Nasaf” futbolchilari ustunlikni o‘z qo‘llarida ushlab turishibdi – 32:70.

Bu jamoalarning o‘tkazilgan to‘rt uchrashuvida “ajdarlar” yirik hisobda zafar quchishgan. Eng yirik natija 2004 yil 15 martda Qarshida kechgan bahsda qayd etilgan. Unda “Nasaf” jamoasi raqib darvozasiga javobsiz yettita to‘p yo‘llashga muvaffaq bo‘lgan.

Bu yilgi Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘zaro uchrashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynashgan.

Bekobodda o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarga oid

Bekobodda bo‘lib o‘tgan 20 uchrashuvning 9tasida ma’danchilar g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 8tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. 3 uchrashuvda durang qayd etilgan. Demak, Bekobodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda maydon egalari kichik ustunlikka ega. Bekobod shahrida bo‘ladigan navbatdagi uchrashuv, jamoalarning o‘zaro 21-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

Quyida Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5ta uchrashuv natijalari:

26.05.2017. 12-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 1:0

16.05.2016. 9-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 1:0

30.09.2015. 24-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 0:1
12.09.2014. 22-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 0:2
29.09.2013. 24-tur. “Metallurg” – “Nasaf” 2:1

Ko‘rib turganingizdek, “Nasaf” Bekobodda “Metallurg”ni so‘nggi bor 2015 yilgi chempionatda mag‘lub etgan.

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari

“Metallurg” - “Nasaf” - yoshlari o‘rtasidagi uchrashuv 11 may dushanba kuni “Metallurg” stadionida soat 17:45da boshlanadi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari o‘rtasidagi uchrashuv esa, 12 may seshanba kuni “Metallurg” markaziy stadionda soat 19:11da boshlanadi.

Uuchrashuvlarni o‘tkazib yubormang!

Manba: voha.uz
Kiritildi: 12:24, 10.06.2018.
O'qildi: 4735 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.