Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Qoyilmaqom 12 davr yoxud YECHL tarixidagi eng kuchli jamoalar (fotogalereya)

Qoyilmaqom 12 davr yoxud YECHL tarixidagi eng kuchli jamoalar (fotogalereya)

Baho:
+ | -1

Asosiy yevroturnirning bugungi qahramoni - «Real» 3 mavsumdan buyon oliy taxtni bo‘shatayotgani yo‘q.

Zayniddin Zidan jamoasi bu borada CHL mutlaq rekordchisidir. Ammo turnirning avvalgi davri, ya’ni Yevropa Chempionlari kubogi tarixiga qarasak, yanada yorqinroq iz qoldirgan bir qator jamoalarni ko‘ramiz.

Xususan, «Real» oldinlari ham bir necha marta qoyilmaqom da­vrni boshdan o‘tkazgan.

1. «REAL» (Madrid). 1955-1960 yillar - 5ta kubok

Ha, «qaymoqranglilar» Yevropa klub futbolining asosiy turnirida boshidanoq rekordlar o‘rnatishga tushgan. Har holda, bugungi CHLning o‘tmishdoshi - CHKda dastlabki 5 mavsum g‘oliblik «Madrid»dan ortgan emas. Bunday seriya hozirga qadar boshqa hech bir klubga nasib etmaganini juda yaxshi bilasiz. «Qirollik klubi» o‘sha qoyilmaqom davrda Alfredo di Stefano va Ferens Pushkashdek mohir merganlarga ega edi. Eng qizig‘i, omadli davrga qaramay, klub rahbariyati bosh murabbiyni muntazam ravishda o‘zgartirib turgan. To‘g‘ri, bu hol «Real»ning birin-ketin kubok yutishiga xalaqit qilgan emas. Umuman, Madrid grandi 1970 yilga qadar turnirda uzluksiz ishtirok etgan. Asosiysi, ba’zan o‘z stadioniga 100 mingdan ko‘p muxlisni jalb qilardi.

2. «BENFIKA» (Lissabon). 1960-1962 yillar - 2ta kubok

Portugaliyaliklar buyuk afsona Eysebio yordamida «Real»ni taxtdan tushirib, ketma-ket 2 marta bosh sovrin sohibiga aylanishadi. O‘shanda jamoani Bell Guttmann boshqarardi. 1962 yili u klub bilan mojaroli tarzda xayrlashadi.

Lissabonliklar avstro-vengriyalik murabbiyni moliyaviy tomondan ranjitib qo‘yishgandi. Aytishlaricha, afsonaviy mutaxassis ketishi oldidan «Benfika»ni jiddiy qarg‘igan ekan: «Klub 100 yil davomida Chempionlar kubogini yutolmasin...».

Qarangki, jamoa shundan buyon Yevropa miqyosidagi turnirlar finaliga 8 marta chiqdi va har safar yengildi. Nahotki, «Benfika» qarg‘ish o‘z kuchini yo‘qotishini yana 44 yil kutsa...

3. «INTER» (Milan). 1963-1965 yillar - 2ta kubok

Elenio Errera bosh murabbiy lavozimini egallashi hamono «Inter»ning yangi davrini boshlab beradi. Ko‘pchilik «katenachcho» taktikasi asoschisi sifatida aynan shu mutaxassisni e’tirof etadi. Gap shundaki, Errera Milan klubida bu uslubni juda yaxshi yo‘lga qo‘ygandi.

Jachinto Faketti va Sandro Massola kabi yetuk ijrochilarga ega jamoaning ketma-ket ravishda yevrofutbol taxtiga ko‘tarilishda asosiy favoritlarni navbati bilan chetga surgani ham e’tiborga molik holatdir.

4. «AYAKS» (Amsterdam). 1970-1973 yillar - 3ta kubok

Rinus Mixels Amsterdamda 6 yil davomida ajoyib jamoa shakllantirib, uning Yevropa Chempionlar kubogidagi ilk g‘alabasiga asos soladi. Lekin shundan so‘ng o‘z o‘rnini Shtefan Kovachga bo‘shatib beradi.

Muhimi, Mixels o‘rinbosari g‘alabali odimni cho‘zib, yana 2ta kubokni ta’minlaydi. Bu davr «Ayaks» uchun shunisi bilan ham qadrliki, jamoada o‘sha buyuk Yoxan Kroyff yetakchiligidagi «12 havoriy» to‘p surgandi. Darvoqe, benazir tarkibda Lui van Gal ham bor edi, ammo u superklubda uzoq vaqt qololmagan.

5. «BAVARIYA» (Myunxen) 1973-1976 yillar - 3ta sovrin

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 04:08, 12.06.2018.
O'qildi: 18285 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.