Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-2 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

“Bunyodkor” vakili ham JCH-2018ga boradi

“Bunyodkor” vakili ham JCH-2018ga boradi

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan, yurtimizdagi muxlislik sohasini rag‘batlantirish maqsadida, Pepsi Superligadagi 12 qatnashchi jamoalarning eng faol ishqibozlariga Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati o‘yinlariga kirish chiptalari tuhfa etilishi e’lon qilingan edi.

Bugun “Bunyodkor” muxlislar klubi rahbari Shovkat Imamov shunday chiptalarning biri sohibiga aylandi. “Bunyodkor” futbol klubi ofisida bo‘lib o‘tgan tadbirda “qaldirg‘ochlar”ning uzoq yillik sodiq ishqiboziga 28 iyun kungi Angliya – Belgiya bellashuvi chiptasini “Bunyodkor” FK moliya departamenti xodimasi Nilufar Achilova topshirdi.

- Avvalambor, O‘FA va O‘zPFLga chuqur minnatdorchilik bildirib qolaman. “Bunyodkor” ishqibozi ekanligimdan men g‘oyatda faxrlanaman. Barcha davralarda meni “Bunyodkor” muxlisi sifatida qattiq hurmat qilishadi. Sevimli jamoam bilan men Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari munosabati bilan qit’amizning mashhur stadionlarida bo‘lganman. Mana endi, jahon chempionatidek yirik musobaqani stadionda turib kuzatish nasib etayotganiga Yaratganga behisob shukurlar aytaman. Fursatdan foydalanib, barcha-barchani yaqinlashayotgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman, - deydi chog‘ kayfiyatda 38 yoshli Shovkat Imamov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 17:18, 12.06.2018.
O'qildi: 4815 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.