Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/05 00:00 Real Madrid 0-0 Betis
26/05 17:00 Xetafe 1-2 Malyorka
26/05 19:00 Neftchi 1-0 OKMK
26/05 19:15 Selta 2-2 Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas 1-1 Alaves
26/05 19:30 So‘g‘diyona 4-0 Bunyodkor
26/05 21:00 Atalanta 3-0 Torino
26/05 21:00 Napoli 0-0 Lechche
26/05 23:45 Verona 2-2 Inter
26/05 23:45 Empoli 2-1 Roma
26/05 23:45 Frozinone 0-1 Udineze
26/05 23:45 Lasio 1-1 Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya 1-2 Barselona

JCH-2018: eng, eng, eng... (fotogalereya)

JCH-2018: eng, eng, eng... (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Sport24 jahon chempionati-2018 startini kutishga chidamay, turli yo‘nalishlar bo‘yicha ro‘yxatning old qatorida turuvchi ishtirokchilarni alohida ajratib ko‘rsatdi.

Quyidagi fotojamlanma asosida jahon kubogining eng yoshi katta va kichik, eng bo‘yi baland va past, eng vaznli va yengil ishtirokchilari bilan tanishish imkoni bor.

ENG BO‘YDOR FUTBOLCHI

Lovre Kalinich (Xorvatiya) - 201 santimetr

Belgiyalik Tibo Kurtua va argentinalik Federiko Fasioning bo‘yi deyarli 2 metrga teng (199 sm.). Rossiyaliklar orasida eng ulkan gavdali futbolchi - Artyom Dzyuba  196 santimetrga teng bo‘y bilan novchalarning umumiy ro‘yxatida 15-o‘rinni egallab turibdi.

ENG BO‘YI PAST FUTBOLCHILAR

Alberto Kintero (Peru) - 165 santimetr

Jerdan Shakiri (SHveysariya) - 165 santimetr

Yahyo al Shehriy (S.Arabistoni) - 165 santimetr

Bo‘ydorlar reytingida darvozabonlar katta ustunlikka egalar, bo‘yi pastlar orasida esa Janubiy Amerika vakillari ko‘p. Deylik, mundialning bosh yulduzlaridan biri Lionel Messi 170 santimetrga teng ko‘rsatkich bilan 30-o‘rindan pastda.

ENG VAZNLI FUTBOLCHI

Roman Torres (Panama) - 99 kilogramm

Garri Keyn (Angliya) va Garri Maguayr (Peru) keyingi o‘rinlarda - 98 kg. Rossiyalik Artyom Dzyuba esa 90 kilo tosh bosadi va u top-10dan tashqarida.

ENG YENGIL FUTBOLCHILAR

Xavyer Akino (Meksika) - 59 kilogramm

Muborak Bussufa (Marokash) - 59 kilogramm

Takeshi Inui (YAponiya) - 59 kilogramm

Jessi Lingard 3 nafar eng yengil vaznli futbolchidan atigi 1 kilogramm og‘irroq, Dris Mertens va Joau Moutinyu esa tarozida 61 kilo tosh bosishadi. Rossiya termasi safidagi eng yengil o‘yinchi - Anton Miranchuk (67 kg.) ushbu reytingning 68-qatorida turibdi.

YOSHI ENG KATTA FUTBOLCHILAR

Essam al Haddari (Misr) - 45 yosh

Rafael Markes (Meksika) - 39 yosh

Sergey Ignashevich (Rossiya) - 38 yosh

Tim Keyxill (Avtraliya) - 38 yosh

Fyodor Smolov va Luis Suares chempionatning eng yoshi ulug‘ futbolchisi darvozasiga gol urishga urinishadi, agar u maydonga tushsa, albatta. Essam al Haddari 45 yoshiga qadar Afrika Millatlar kubogida zafar quchdi va yana turli darajadagi 36ta sovringa ega chiqdi, ammo unga JCHda o‘ynash nasib etmagandi.

Mana, Misr faxri ushalmasdek ko‘ringan orzusiga yaqin turibdi. Faqat maydon o‘yinchilarini olsak, tinib-tinchimas Rafa Markes JCH-2018ning eng «qari» ishtirokchisidir. Rossiya turniri meksikalik faxriy uchun faoliyatidagi 5-jahon chempionati hisoblanadi. Diqqatga sazovor tomoni, u avvalgi 4ta turnirda ham maydonga «asteklar» sardori sifatida tushgan.

ENG YOSH FUTBOLCHI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:17, 13.06.2018.
O'qildi: 11098 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.