Opta superkompyuteri Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining dastlabki törtta turidan söng musobaqada ğolib çiqiş ehtimoli eng yuqori klublarni aniqladi.
Hisob-kitoblarga köra, asosiy favorit — Londonning "Arsenal" klubi. Mikel Arteta şogirdlarining çempionlik ehtimoli 22,6 foizga baholangan.
Ikkinçi örinni 17,7 foizlik körsatkiç bilan "Bavariya" egallagan. Amaldagi çempion "PSJ" esa 12,1 foizlik ehtimol bilan kuçli uçlikni yakunlagan.
Reytingning keyingi örinlaridan "Mançester Siti", "Barselona" va "Real" joy olgan. Şu tariqa, Kataloniya klubi beşinçi, madridliklar esa oltinçi örinda qayd etilgan.
Çempionlar ligasida ğolib böliş imkoniyati eng yuqori 10 ta klub röyxatidan, şuningdek, "Liverpul", "Aston Villa", "Inter" va "Bryugge" ham örin olgan.













