Madridning "Atletiko" klubi Ispaniya çempionati 12-turida "Barselona"ga qarşi keçadigan muhim uçraşuvda argentinalik himoyaçi Kristian Romero yordamidan foydalana olmaydi. Bu haqda Marca naşri xabar berdi.
Manbaga köra, futbolçi muşak jarohati tufayli safdan çiqqan. Romero soğliğidagi muammolar sabab Çempionlar ligasi umumiy bosqiçida "Bavariya"ga qarşi keçgan va madridliklarning 0:2 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlangan uçraşuvda ham iştirok etmagan.
"Atletiko" va "Barselona" örtasidagi bahs 8 noyabr kuni Madridda bölib ötadi.
Mazkur öyin oldidan "Barselona" La Liga turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda. Ikkinçi örindagi "Atletiko" esa kataloniyaliklardan 2 oçko ortda bormoqda.













