Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Daniya qiyinchilik bilan Peruni mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -

JCH-2018 musobaqasi "S" guruhi 1-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Peru hamda Daniya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Bu uchrashuvda daniyaliklarning qo‘li baland keldi.

O‘yin teng kurashlar ostida kechdi. Birinchi bo‘limda peruliklarda oldinga chiqib olish uchun imkoniyat tug‘ildi, biroq, Kristian Kueva penaltini amalga oshirolmadi.

Ikkinchi bo‘limning 59–daqiqadasida Kristian Eriksen qulay uzatma bilan Yusuf Poulsenni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, hujumchi esa ushbu vaziyatdan unumli foydalandi. Shundan so‘ng tashabbus butkul peruliklar tarafiga o‘tdi.

Ularning ketma-ket hujumlari ha deganda samara bermadi. Petr Shmeyxelning seyvlari va so‘nggi zarbalardagi biroz noaniqliklar daniyaliklarni muqarar gollardan asrab qoldi.

Shu tariqa, Daniya turnirni g‘alaba bilan boshladi guruhda Fransiya bilan birgalikda yetakchilik qilmoqda.

JCH-2018

"S" guruhi 1-tur

Peru – Daniya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 59 Poulsen.

Peru – Galyese, Rodriges, Trauko, Advinkula, Ramos, Flores (Gerrero, 62), Tapiya (Akino, 87), Karrilyo, Kueva, Farfan (Ruidias, 85), Yotun.

Daniya – Shmeyxel, Kyer, Larsen, Dalsgor, Kristensen (Yorgensen, 81), Kvist (SHene, 36), Dileyni, Eriksen, Sisto (Breytueyt, 67), Yorgensen, Poulsen.

Ogohlantirishlar: Tapiya (38), Dileyni (86), Poulsen (90+3).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:31, 16.06.2018.
O'qildi: 3105 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик