Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernando Yerro Eronga qarshi o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin biz o‘ylagandek bo‘lmadi. Qiyin bo‘lishini bilgandik. O‘yindagi uzilishlar bo‘lsa bir hil o‘ynab bo‘lmaydi.
Tanaffusda bir o‘z oldimizga maqsad qo‘yib chiqdik. Jahon chempionatida g‘alaba qozonish oson bo‘lmaydi.
Bu musobaqada barcha jamoalar deyarli bir hil darajada o‘ynaydi. Eron ajoyib jamoa. Karlush Keyrush bu jamoada 7 yildan beri ishlaydi, uni hurmat qilaman”, - deydi Yerro.