Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Nvankvo Kanu: «Venger ketib, endi yangi davr keldi»

Nvankvo Kanu: «Venger ketib, endi yangi davr keldi»

Baho:
+ | -

Nigeriya termasi va «Arsenal» klubining afsonaviy futbolchisi Nvankvo Kanu Kaliningraddagi futbol parkining ochilishiga tashrif buyurdi.

Keyinchalik FIFA terma jamoasi Rossiyaga qarshi o‘yin o‘tkazib, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Kanu ham mazkur bahsda ishtirok etdi. Shundan so‘ng Sport24 nashriga intervyu berdi.

— Nike tomonidan taqdim etilgan Nigeriya terma jamoasi liboslari Londonda bir necha soat ichida sotib bo‘lindi. Shahardagi do‘konlarda navbatlar yuzaga keldi. Bunday ajiotajning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

— Nigeriya terma jamoasini jahonda barcha taniydi. Libos JCH-1994dagiga o‘xshatib tikilgan. O‘shanda termamiz turnirning final bosqichiga chiqqan. Jamoaning ishtirokidan barcha mamnun bo‘lgandi.

Yangi liboslarning tezda sotilib ketishi sababi, termani xuddi o‘shandagidek qo‘llab-quvvatlashadi.

— Hozir Rossiyadagi eng mashhur nigeriyalik futbolchi Ahmad Muso. Nima uchun Angliyada uning o‘yini qovushmadi?

— Angliya Premyer-ligasi Rossiya chempionatidan keskin farq qiladi. Lekin Muso ajoyib futbolchi. Terma jamoadagi eng tajribali o‘yinchilardan biri. «Lester»da xuddi SSKAdagidek ko‘p gol urishini kutishgandi.

Biroq APLda buni uddalash oson emas. Boz ustiga, «Lester» murabbiylarni tez-tez almashtiradi. Balki u yangi mutaxassis sxemasiga to‘g‘ri kelmagandir.

— Boshqa bir futbolchi - Brayan Idovu Nigeriya terma jamoasi safida o‘ynashga qaror qildi. Bu to‘g‘ri qarormi?

— Brayanga Nigeriya termasida bo‘lish yoqadi. U baxtli va bundan lazzatlanmoqda. Menimcha, u to‘g‘ri qaror qabul qildi. Brayan tug‘ilgan Rossiyadagi jahon chempionati uning uchun yaxshi imkoniyat. U maslahatlarga to‘g‘ri quloq solsa, musobaqada jamoasiga katta yordam beradi.

— Siz «Arsenal»da o‘ynagansiz. Venger davrining aynan hozir tugaganidan ajablandingizmi?

— Atrofdagilar allaqachon uning ketishini xohlashayotgandi. Menimcha, Vengerning qarori hech kimni ajablantirmagan bo‘lsa kerak. «Arsenal» va klub afsonalari Arsenni hurmat qilishadi. Endi yangi davr keldi.

— Unai Emeri «Arsenal» afsonasiga aylanishi mumkinmi?

— Vengerning o‘rnini egallash - katta ma’suliyat. Buning uchun yaxshigina mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Lekin bu «Arsenal» Venger davridagidek muvaffaqiyat qozona olmaydi, degani emas.

Emeri o‘z qarashlarini suradimi, Vengerning yo‘lidan ketadimi, ahamiyatsiz. Nima qilganda ham, barchasi yangicha bo‘ladi. Futbolchilar va muxlislar moslashib olishlari uchun vaqt kerak.

— Yuragingizda muammolar bor edi. Uni yengib o‘tib, futbolga qaytishga qanday kuch topgansiz?

— Birinchidan, Yaratganga bo‘lgan ishonch yordam berdi. Ikkinchidan, yuragimda muammo topilishi bilan operasiyaga jo‘natishgan. U esa muvaffaqiyatli o‘tgan. 14 oydan so‘ng qaytganman va oz-oz futbol o‘ynay boshlaganman. Bu mo‘’jizaning o‘zginasi.

Men qaytganman va sovrinlar yutganman. Operasiyadan chiqishim bilan Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganimni eshitganman. Bu holat faoliyatimga ijobiy ta’sir o‘tkazgan.

Keyinchalik yuragida muammosi bor insonlarga yordam berish uchun fond tashkil qildim, uning yordamida ko‘p kishi operasiya qilindi, ularning hayoti saqlab qolindi.

Inson uchun bir kishining hayotini saqlab qolish katta sharaf. Fondimiz esa bir necha ming kishiga shunday baxtni tuhfa etdi.

— Hozirda fondingiz faqat Nigeriyada faoliyat olib boradimi?

— Ayni payt biz butun Afrika bo‘ylab faoliyat yurityapmiz. Lekin rivojlanishda va kengayishda davom etyapmiz. Mamlakat tashqarisidan ham grant­lar va yordamlarni qabul qilyapmiz.

Qachondir shu orqali butun jahonga chiqib boramiz. Hozir navbatda 800 nafar mijoz bor. Ularga yordam berish uchun mablag‘ topishimiz kerak.

(Nvankvo Kristian Kanu hujum chizig‘ida to‘p surgan. U Afrikaning 20-asrdagi eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatida 33-o‘rinda turadi. Kanu «qora qit’a»ning eng ko‘p sovringa ega futbolchisidir.

YUNISEF elchisi. Uning ukalari Kris­tofer va Anrilar ham professional futbolchilar hisoblanishadi. Yevropada «Ayaks», «Arsenal», «Inter», «Vest Bromvich» va «Portsmut» klublarida to‘p surgan).

Yutuqlari:

Nigeriya chempioni («Ivuanyanvu Neyshnl»): 1993

Gollandiya chempioni («Ayaks», 3): 1993|1994, 1994|1995, 1995|1996

Gollandiya kubogi sohibi: 1996

Gollandiya Superkubogi sohibi: 1995

UYEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi: 1994|1995

Yevropa Superkubogi sohibi: 1995

Qit’alararo kubok sohibi: 1995

UYEFA kubogi sohibi («Inter»): 1997|1998

Angliya chempioni («Arsenal», 2): 2001|2002, 2003|2004

Angliya kubogi sohibi (2): 2002, 2003

Angliya Superkubogi sohibi: 1999

Angliya kubogi sohibi («Portsmut»): 2008

O‘smirlar (U-17) o‘rtasida jahon chempioni: 1993

Olimpiya chempioni: 1996

Afrikaning eng yaxshi futbolchisi (2): 1996, 1999

VVS talqiniga ko‘ra Afrikada yil sportchisi (2): 1997, 1999

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:46, 22.06.2018.
O'qildi: 3230 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.