Braziliya terma jamoasi himoyachisi Tiagu Silva Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda (2:0) jamoadoshi Neymar bilan janjallashganini tan oldi.
83-daqiqada toza o‘yin qoidasiga amal qilib to‘pni kosta-rikaliklarga qaytargani uchun Silvani Neymar qattiq so‘kdi.
"Neymarning qilig‘i meni xafa qildi. Men to‘pni raqiblarga qaytarganimda, u meni haqorat qildi. Ammo men haq edim deb hisoblayman. Hatto bizning vaqtimiz tejaldi. Bu biz yutishimiz mumkin bo‘lgan vaziyat emas edi. O‘zimni xotirjam tutdim, ammo bunday munosabatdan xafa bo‘ldim", - deydi Tiagu Silva.
Eslatib o‘tamiz, Neymar Silvadan 8 yosh kichik.