Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbekiston Kubogi 1/4 finali qura’si 9 iyul kuni Sport TVda jonli olib ko‘rsatiladi

O‘zbekiston Kubogi 1/4 finali qura’si 9 iyul kuni Sport TVda jonli olib ko‘rsatiladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan o‘tkazib kelinadigan mamlakat kubogining chorak finaliga qur’a tashlash marosimi jonli ko‘rsatiladi. Tashkilot bu masalada Sport TV bilan kelishuvga erishdi.

1/8 final marosimiga qur’a tashlash marosimi ham jonli namoyish etilgan bo‘lib, unda jamoalar qanday raqibga tushishi mumkinligi masalasi futbol muxlislarining katta qiziqishiga sabab bo‘lgandi. Avval aytilganidek, bundan buyon qur’a jarayonlari imi-jimida o‘tib ketmaydi.

8—9 iyul kunlari Pepsi Superliganing 16-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. 9 iyul kuni “Bunyodkor” klubi mazkur tur doirasida “Qizilqum”ni qabul qiladi. “Sport” bilan kelishuvga ko‘ra, uchrashuv tanaffusida O‘zbekiston Kubogining 1/4 final bosqichiga qur’a tashlanadi. Jonli efir “Bunyodkor” stadionining o‘zida bo‘ladi. Stadionda jam bo‘lgan muxlislar marosimni katta ekranda tomosha qilishi mumkin. Stadionga kela olmaganlar esa tanaffus vaqtida efirdan uzoqlashmasligi kerak bo‘ladi.

Eski taqvimga ko‘ra, O‘zbekiston Kubogining finali dekabrga qolib ketayotgandi. O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig‘iga ko‘ra, kubok masalasi qayta ko‘rib chiqildi va final o‘yini 28 oktyabr — yakshanba kuniga tayin qilindi. Katta ehtimol bilan bu vaqtda futbol o‘ynash uchun ajoyib ob-havo hukmron bo‘ladi. O‘FA ham o‘z navbatida final o‘yinini katta bayram qilib o‘tkazishni rejalashtirgan.

Kubokning 1/4 final bosqichi avval belgilangani kabi 12—13 iyul kunlarida emas, balki 17—18 sentyabr sanasida o‘tadi. Yarim finallar esa 27 sentyabrga belgilangan. O‘zgarishga ko‘ra, yarim final bellashuvlari ham qolganlari kabi faqatgina 1 ta o‘yindan iborat bo‘ladi (uy-safar emas). Bu bosqich uchun ham alohida qur’a marosimi bo‘lib o‘tadi. Mezbon jamoalar nomiga ham qur’a oydinlik kiritib beradi.

**Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Kubogining 1/4 finaliga qadar quyida klublar yetib kelgan: “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Qizilqum”, “Qo‘qon-1912”, AGMK, “Mash’al” va “Andijon”. t.me/uzsport_tv

Manba: Sport TV Telegram канали
Kiritildi: 13:09, 25.06.2018.
O'qildi: 3853 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.