Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

JCH-2018. Marokash baribir ochko oldi

JCH-2018. Marokash baribir ochko oldi

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasi avvalgi 2ta turda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, juda yaxshi o‘yin namoyish qilgandi. Afrikaliklar muddatidan avval pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bo‘lsalar-da, ular so‘nggi bahsga kelib ochko qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Marokashliklar hattoki nomdor Ispaniyani mag‘lub etishlari ham mumkin edi.

Uchrashuvning 14-daqiqasida Xolid Butayb hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Isko muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘lim tugashiga 9 daqiqa qolganida burchakdan yetkazilgan to‘pni Yusuf en-Nesiriy bosh bilan darvozaga joylab, Marokashni yana oldinga olib chiqdi. So‘nggi daqiqalarda Yago Aspas tovoni bilan juda chiroyli gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Ispaniya terma jamoasi guruhda 5 ochko to‘pladi. Yerro shogirdlari urilgan gollar soni hisobiga Portugaliyadan oldinga o‘tishdi va guruh g‘olibiga aylanishdi. Ispaniyani chorak finalda Rossiya terma jamoasi kutib turibdi.

JCH-2018, "V" guruhi, 3-tur
Ispaniya – Marokash 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 14 Butayb, 1:1 – 19 Isko, 1:2 – 81 En-Nesiriy, 2:2 – 90 Aspas.
Ispaniya – De Xea, Karvaxal, Pike, Ramos, Alba, Alkantara (Asensio, 74), Buskets, Inyesta, Silva (Rodrigo, 84), Diyego Kosta (Aspas, 74), Isko.
Marokash – Moxamedi, Dirar, da Koshta, Saiss, Hakimiy, El-Axmadi, Amrabat, Bussufa, Belxanda (Fajr, 63), Ziyesh (Buxadduz, 85), Butaib (En-Nesiri, 71).
Ogohlantirishlar: El-Ahmadiy (21), Amrabat (29), Bussufa (31), da Koshta (31), Muhammadiy (89), Hakimiy (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:12, 26.06.2018.
O'qildi: 3560 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.