Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

JCH-2018. Xayr, Germaniya, xayr, chempion!

JCH-2018. Xayr, Germaniya, xayr, chempion!

Baho:
+ | -

Rossiyadagi jahon chempionatining dastlabki sensasiyasi yuz berdi. Amaldagi jahon chempioni, o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan Konfederasiyalar kubogi g‘olibi — Germaniya terma jamoasi musobaqani guruh bosqichidanoq tark etdi!

O‘zi nemislar ilk o‘yinda Meksikaga yutqazib qo‘yib, 2-turda eng so‘nggi soniyalarda Shvesiya darvozasini ishg‘ol qilib, pley-offga chiqish yaxshi imkoniyat hosil qilgandi. Germaniya bugun Janubiy Koreyani mag‘lub etsa bo‘ldi edi. Boz ustiga, Shvesiya Meksikani mag‘lub etib, Lyov jamoasiga yordam berib yubordi.

Germaniya terma jamoasi koreyaliklarning tartibli o‘yini oldida ojiz qolishdi. Ha, nemislar to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘lishdi, ko‘proq hujum tashkil qilishdi. Ammo osiyoliklar qarshi hujumda yaratgan xavfli vaziyatlar bo‘yicha nomdor raqibdan qolishmadi.

O‘yinning eng so‘nggi daqiqalarigacha futbolchilar imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Ba’zi vaziyatlarda koreyalik posbon ishonchli harakat qildi. So‘nggi daqiqada burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Kim Yong Gvon hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu vaziyatdan laynsmen bayroqchani ko‘targani bois, dastlab referi golni bekor qildi. Biroq videotakrorning yordamida koreyalik futbolchiga uzatmani Toni Kroos bergani aniq bo‘ldi va gol inobatga olindi.

Qo‘shib berilgan daqiqalarda Manuel Noyer darvozani tashlab hujumga o‘tib ketdi va buning uchun jazolandi. Son Xeung Min bo‘sh darvozani osonlik bilan ishg‘ol qilib, hisobni 2:0ga yetkazib qo‘ydi.

Natijada, Germaniya terma jamoasi nafaqat pley-offga chiqa olmadi, balki o‘z guruhida 4-o‘ringa tushib ketdi. Bu guruhdan Shvesiya va Meksika terma jamoalari nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

JCH-2018. "F" guruhi, 3-tur
Janubiy Koreya – Germaniya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 90 Kim Yong Gvon, 2:0 – 90 Son Xeung Min.
Janubiy Koreya – Chjo Xen U, Kim Yong Gvon, Yun Yong Son, Xon Chxol, Chjan Xen Su, Ku Chja Chxol (Xvan Xi Chxan, 56; Ko YE Xan, 79), Chjon U Yen, Mun Son Min (CHju Se Chjon, 69), Li Chje Son, Li Yen, Son Xeung Min.
Germaniya – Noyer, Xummels, Zyule, Kimmix, Xektor (Brandt, 78), Xedira (Gomes, 58), Kroos, O‘zil, Goretska (Myuller, 63), Roys, Verner.
Ogohlantirishlar: Chjon U Yong (9), Li Chje Son (23), Mun Son Min (48), Son Xeung Min (65).

Meksika – Shvesiya 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 50 Augustinsson, 0:2 – 62, penalti Grankvist, 0:3 – 74, avtogol Alvares.
Meksika – Ochoa, Alvares, Salsedo, Moreno, Galyardo (Fabian, 65), Errera, Guardado (Korona, 75), Layyun (Peralta, 89), Vela, Losano, Ernandes.
Shvesiya – Olsen, Lyustig, Lindelef, Grankvist, Augustinsson, Klasson, Larsson (Svensson, 57), Ekdal (Xilyemark, 80), Forsberg, Berg (Telin, 68), Toyvonen.
Ogohlantirishlar: Galyardo (1), Larsson (26), Moreno (61), Layyun (85), Lyustig (88).

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘lubiyat T - N Ochko
1 Shvesiya 3 2 0 1 5-2 6
2 Meksika 3 2 0 1 3-4 6
3 Janubiy Koreya 3 1 0 2 3-3 3
4 Germaniya 3 1 0 2 2-4 3
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:01, 27.06.2018.
O'qildi: 9529 marta.
Fikrlar: 71 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик