Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Mundial tassurotlari (ikkinchi hafta)

Mundial tassurotlari (ikkinchi hafta)

Baho:
+ | -1

Shunaqa vaziyat bo‘lmoqdaki, jahon chempionati 1|8 final o‘yinlaridan so‘ng musobaqaning eng asosiy favoritlari sanalmish Braziliya, Fransiya va Argentina termalaridan istalgan ikkitasi jahon chempionatini o‘z uyida tomosha qilishi mumkin.

Bunga qo‘shimcha ravishda, mazkur mundialda oldingi yillarga nisbatan ancha kuchli ekani e’tirof etilayotgan Urugvay hamda so‘nggi yillarning nomdor termasi Portugaliyadan biri ham JCHni boshqalardan avvalroq yakunlashi muqarrarligini inobatga olsak, Rossiyada o‘tayotgan jahoni chempionati chorak finaldayoq ancha «g‘ariblashib» qoladi.

2002 YILGI «QIRG‘IN»

Hozirdanoq shuni bemalol aytish mumkinki, bu yilgi jahon chempionati guruhlardagi o‘ta murosasiz kurashlar bilan esda qoladigan bo‘ldi. Qaysi ma’nodaki, o‘rtaholroq yoki zaif sanalgan ba’zi termalar yirik-yirik grandlarni-da ayab o‘tirmayapti. Boshqacha aytganda, yashil maydonlarda katta «janglar» ketmoqda.

Esingizda bo‘lsa, 2002 yili Yaponiya va Koreyada o‘tgan mundialda ham xuddi shunga o‘xshash holat kuzatilgandi. Gollandiyaning mundialga chiqolmagani yetmaganidek, Argentina, Fransiya va Portugaliya (Urugvay ham!) guruhda qolib ketgandi.

Mezbonlardan biri - Janubiy Koreyaning 1|8 va 1|4 finaldagi o‘sha mashhur «hunar»laridan so‘ng Italiya va Ispaniya ham uyiga ravona bo‘lgach, yarim finalda Braziliya va Germaniya bilan bir qatorda kutilmaganda Janubiy Koreya va Turkiya termalari qolishgandi.

TANISH MANZARA

Nazarimda yuqoridagiga o‘xshash holat yana takrorlanadigandek. Taxminan yarim finallarga borib, jahon chempionatining doimiy «egalari» sanalgan terma jamoalardan atigi bir yoki ikkitasi qoladi.

To‘g‘ri, bu yilgi mundialda Xorvatiya va Belgiya termalarining potensiali boshqa yillardagiga nisbatan ancha yuqoriligi oldindan ma’lum edi. Ayniqsa, xorvatlar bunaqa kuchli tarkibga faqat 1998 yildagina ega bo‘lishgan.

Buning isboti tariqasida o‘shanda Germaniya va Gollandiyadek grandlarni yutib, Fransiya-98ni 3-o‘rinda yakunlashgandi. Xullas, bu yilgi yarim finallarda ham xuddi o‘sha 2002 yilgidek 2+2 ko‘rinishidagi terma jamoalar qolishi ehtimoli yuqori.

AYB QUR’ADAMI?

Germaniya va Braziliya terma jamoalarining mos ravishda «E» va «F» guruhlaridan joy olishlari chempionat boshlanishida hech kimning e’tiboriga tushmagan bo‘lsada, 3-tur oldidan bu fakt eng asosiy mavzulardan biriga aylandi-qoldi.

Summar ravishda 9 marta jahon chempionatini yutgan bu ikki terma jamoaning o‘z guruhlarida 1-o‘rinni olishlari hech kimni shubhalantirmasdi. Lekin nemislar ham, braziliyaliklar ham dastlabki 2ta turda juda-juda qiynalishdi. Aslida ikkala terma ham 1|8 finalda bir-biriga to‘g‘ri kelib qolmaslik uchun barcha kuchlarni (hiylalarni) ishga solishi tayin edi.

Yakundagi natijalardan o‘zingiz voqifsiz - hammasi hech kim kutmagan va ayni payt juda g‘aroyib tarzda yakun topdi. Ikkinchi tarafda Fransiya va Argentina milliy jamoalarining bir-biriga to‘g‘ri kelib qolish xavfi ham xuddi shunga monand ravishda paydo bo‘lgandi.

RONALDU - «BUYUKLAR ISHI» DAVOMCHISI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:59, 29.06.2018.
O'qildi: 3845 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.