Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Umid Ahmadjonov: “U davrlar ortda qoldi, 1-2 yil kiynalsak xech nima qilmaydi”

Umid Ahmadjonov: “U davrlar ortda qoldi, 1-2 yil kiynalsak xech nima qilmaydi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Avvalroq, “Qalampir.uz” internet nashri Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov Qarshida viloyat faollari ishtirokida tanqidiy yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edi.

Ushbu majlisda Umid Ahmadjonov vazifasiga nomunosib bo‘lgan ikkita direktorni ishdan bo‘shatdi.

MOQ prezidenti majlisni davom ettirar ekan ishtirokchilariga shunday dedi: “Yana bir ustuvor vazifa. Har bir hududdagi maktabgacha ta’lim muassalariga sport federasiyalarining viloyat bo‘limlari kirib borishi va shu yoshdan ota onalarni, bolalarni sportga oshno tuttirishni o‘ylashi kerak. Ushu, boks, futbol murabbiylari bolani talashishsin.

Nega u boksga ketib qolyapti, nega kurashga degan savolni berib eng sara, baquvvat bolalarni o‘zlariga jalb qilsinlar, ularni qiziqtirsinlar. Shunda raqobat bo‘ladi. Viloyat sportini shu tarzda tartibga solib, 1-2 yil kiynalsak xech nima qilmaydi. Eng muhimi bu borada mukammal tizimni ishlab chikish.

Har bir federasiya endi o‘nlab musobakalar o‘tkazishi kerak. U davrlar ortda qoldi, yiliga bittagina musobaqani o‘tkazib yuradigan paytlar. Qashqadaryoda shuncha sharoit bo‘la turib, ko‘plab sportchilar chet elma-chet el yuribdi. Mana kelsin Qashqadaryoga sportchilar. Sport inshootlari, suzish havzalarini ko‘rib havas qilasan kishi. Davlatimiz tomonidan yaratib berilgan bunday sharoitlardan maksimal darajada foydalanishimiz lozim”.

Umid Mahamatdjanovich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib bo‘lgach, navbat takliflarga berildi. Unda, BO‘SM murabbiylari, shuningdek ushu, shaxmat, yengil atletika federasiyasi vakillari va murabbiylari so‘z olib, o‘z takliflarini bildirdilar. Barcha takliflar o‘rganib chikilishi, mavjud muammolarni yechish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishi haqida ma’lum qilindi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 16:43, 01.07.2018.
O'qildi: 4263 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.