Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Odil Ahmedov: «Kamida mavsum oxirigacha «Shanxay»da qolaman»

Odil Ahmedov: «Kamida mavsum oxirigacha «Shanxay»da qolaman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedov JCH-2018 sabab yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, yurtimizga qaytib kelgandi. Lekin bu ta’til ham ko‘ngildagidek va to‘liq o‘tdi, deyish qiyin.

Boisi, Ahmedov o‘z klubining kubok bahsidagi o‘yinida ishtirok etish uchun Shanxayga borib keldi. Bu safarga ham bir hafta ketdi. Xitoy futbol federasiyasi qaroriga ko‘ra, ta’til paytida birgina Ahmedovning jamoasi kubok o‘yinida maydonga tushdi.

Hozirda Odil to‘p surayotgan «Shanxay SIPG» jamoasi Xitoy Superligasining 11-turidan so‘ng turnir jadvalida 23 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi o‘rindan joy olgan «Shandon Luneng» klubi hisobida ham 23 ochko bor. To‘plar nisbatiga ko‘ra, bu jamoa 2-pog‘onani band etgan.

«Shanxay SIPG» OCHLning 1|8 final bosqichida Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yutqazib, nufuzli musobaqani tark etdi. Demak, endi bor e’tibor ichki chempionatga qaratiladi.

Shu haftadan e’tiboran «Shanxay» Portugaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Ahmedov o‘z klubi ixtiyoriga jo‘nab ketish oldidan Toshkentda yosh futbolchilar bilan uchrashib, birgalikda futbol o‘ynadi.

Biz o‘yin yakunida terma jamoamiz sardoridan intervyu oldik.

- Bolalar bilan miriqib futbol o‘ynadim, - deya so‘z boshladi O.Ahmedov. - O‘zimni bevosita 20-25 ortga qaytgandek his qildim. Afsuski, biz futbolga kirib kelgan paytlarda hozirgidek sharoitlar bo‘lmagan. Asfalt maydonda to‘p surardik.

Shuning uchun ham hozir futbol o‘yinidan keyin bolalar bilan gaplashganimda, bu imkoniyatlarning qadriga yetishlarini so‘radim. Ular chinakamiga baxtli avlod vakillari ekanligini ta’kidlab, «Har bir yutuqqa o‘z mehnatingiz bilan erishishingiz kerak», degan jumlalarni aytdim.

O‘ylaymanki, bu yoshlardan ham yaqin kelajakda mahoratli futbolchilar yetishib chiqadi va bizning o‘rnimizni munosib tarzda egallashadi.

- Odil, umuman, jahon chempionati sabab yuzaga kelgan ta’til qanday o‘tdi?

- Bu ta’tilni barcha futbolchilar qatori men ham kutgandim. Chunki Vatanga qaytish, qadrdonlar bilan ko‘rishish, birgalikda uzoqroq muddat suhbatlashish imkoniyati yuzaga kelardi. Ochig‘ini aytsam, oila davrasida kam vaqt bo‘ldim.

Har kuni turli uchrashuvlar, tadbirlar sabab ta’tilning katta qismi uydan tashqarida o‘tib ketdi. Albatta, bunday tadbirlar ham kerak.

Ayniqsa, bugun bolalar bilan uchrashganimdan juda ham xursand bo‘ldim. O‘zimni bir zumga bo‘lsada yoshlik yillarimga qaytgandek his qildim.

- Aynan ta’til paytida yana Xitoyga borib kelishingizga to‘g‘ri keldi...

- Nimasini aytasiz. Xitoy futbol federasiyasi shunday taqvim tuzgan ekan. Faqatgina ikki jamoa mamlakat kubogining chorak final uchrashuvida maydonga tushdi. Qolgan ishtirokchilar rosmana ta’tilni o‘tkazishdi. Nachora, federasiyaning bu qaroriga bo‘ysunmasdan ilojimiz yo‘q.

Shu bitta o‘yinga borib kelish uchun bir hafta vaqt ketdi. Afsuski, ilk o‘yinda kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradik. Lekin javob uchrashuvida vaziyatni ijobiy tomonga og‘dirib olish uchun imkoniyatimiz yetadi. Kubokda g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz.

- Superligada jamoangiz oldiga chempionlik vazifasi qo‘yilganmi?

- Xuddi shunday. Biz o‘tgan yili ham g‘oliblik uchun kurash olib borgandik. Lekin ayrim o‘yinlarda kutilmaganda ochko yo‘qotganimiz sababli ikkinchi o‘rin bilan kifoyalangandik.

Bu safar o‘tgan mavsum yo‘l qo‘yilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda harakat qilyapmiz. Chempionatning 11-turidan so‘ng turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibmiz. Ammo xotirjam bo‘lishga aslo haqqimiz yo‘q.

Boisi, bizni jamoalar izma-iz ta’qib etib kelishmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Shandon Luneng» klubi hisobida ham xuddi bizda bo‘lgani kabi 23 ochko bor. Uchinchi pog‘onadan joy olgan «Pekin Guoan» 22 ochko jamg‘argan.

Shunday ekan, har bir yo‘qotiladigan ochko jamoalar o‘rnining almashib ketishiga xizmat qiladi.

- Odil Ahmedov klubini almashtirish haqida o‘ylamayaptimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:53, 02.07.2018.
O'qildi: 5964 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.