Belgiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Maruan Fellayni JCH-2018 yarimfinalida Fransiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) fikrlarini bildirdi.
"Bu taktik jang bo‘ldi. Fifti-fifti. Bunday o‘yinlarda standartlar xavfli bo‘ladi va gol urish uchun imkoiyatlaring kam bo‘ladi. Fransiya birgina imkoniyatidan foydalanib qoldi.
Biz raqibdan ko‘ra ko‘proq to‘pga egalik qildik, nazorat qildik, ammo yutqazdik", - deydi Fellayni.