Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Argentinani «cho‘ktirgan» universal – Benjamin Pavar faoliyatiga nazar

Argentinani «cho‘ktirgan» universal – Benjamin Pavar faoliyatiga nazar

Baho:
+ | -

To‘p uzoq parvoz qildi. Fransiya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Lyuka Ernandesning uzatmasiga «labbay» deb javob bergan Benjamen Pavar darvozani aniq nishonga oldi.

To‘p katta tezlikda uchdi. Lekin dar­voza ancha olisda edi.

O‘z klubida Pavar bunday zarbani amalga oshira olmasdi. Chunki «Shtutgart»da u markaziy himoyachi pozisiyasida o‘ynaydi. Shu bois, oldingi chiziqqa faqat standart vaziyatlarda yo‘l olishi mumkin. Didye Desham esa jamoa uchun muammo bo‘lib turgan o‘ng qanot mudofaasini aynan shu universal bilan kuchaytirishga qaror qildi.

Benjamenni Lilian Tyuramga qiyoslash mumkin. Bu buyuk afsona ham klubida himoya markazida, termada esa qanotda faoliyat yuritgan. Yagona farq shundaki, Tyuram - taniqli futbolchi, Pavarni esa shu paytgacha ko‘pchilik tanimasdi.

Ta’kidlash joizki, «Lill» tarkibidan joy ololmagan paytda Benjamen ko‘pchilik uchun ajablanarli yo‘lni tanladi - Fransiyaning o‘rtamiyonalari takliflarini rad etib, notanish xorij klubiga yo‘l oldi. Uning otasi - Frederik Benjamenning 9 yoshidan boshlab birorta uchrashuvini o‘tkazib yuborgan emas, barcha masalalarda farzandiga yordam beradi.

O‘g‘lining «Shtutgart»ga o‘tishi ikki narsani anglatadi: Frederik o‘g‘lining mustaqilligini ma’qullagan, Ben esa bir qadam ortga qaytishni to‘g‘ri qaror deb bilgan. Pavarning o‘z salohiyatiga xolis baho berishi samara keltirdi.

Elitaga ko‘tarilish mavsumida «Shtutgart»ni yoshlarga ishonch bildirishga moyil bo‘lgan Xannes Volf boshqarardi. Bendagi universallikni aynan u kashf etdi. Pavar himoya chizig‘ining barcha nuqtalarida ishonchli o‘ynadi.

Volf «Shtutgart»ni tark etganida, fransiyalik shogirdi birinchilardan bo‘lib unga minnatdorchilik bildirdi: «Sizning qimmatli maslahatlaringiz va sabr-qanoatingiz tufayli men kunsayin samaraliroq o‘ynaydigan bo‘ldim. Sizdan bir umrga minnatdorman!».

Darhaqiqat, bir yil ichida himoyachining saviyasi hayratlanarli darajada o‘sdi. Vatani sharafini himoya qilishni Ben doimo o‘zgacha sharaf o‘rnida ko‘rgan - o‘smirlik chog‘larida «Marselyeza»ning ulug‘vor sadosini titroqsiz tinglay olmasdi.

Milliy jamoada ham o‘sha jo‘shqin ehtiros va hayajon uni tark etgani yo‘q...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:58, 15.07.2018.
O'qildi: 4928 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик