Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Aleksandr Cheferin: «JCH-2018 a’lo darajada o‘tishiga shubham yo‘q edi»

Aleksandr Cheferin: «JCH-2018 a’lo darajada o‘tishiga shubham yo‘q edi»

Baho:
+ | -

UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin ham JCH-2018ga yuqori baho bermoqda. Yevropa futboli rahbari rossiyalik kasbdoshimiz bilan suhbatda turnir saviyasidan mutlaqo qoniqish hosil qilganini alohida e’tirof etdi.

Sloveniyalik funksioner shuning barobarida Xorvatiya termasi muvaffaqiyati va musobaqada joriy etilgan yangi qoidalar xususida fikr bildirdi.

- Mundialning yarim final yo‘llanmalari to‘laligicha Yevropa vakillariga nasib etdi. Ushbu muvaffaqiyatni qanday qabul qildingiz?

- Mamnuniyat bilan, albatta! Lekin hayron qolganim yo‘q. Chunonchi, biz ko‘p narsalarga erishyapmiz, menimcha. Oddiy aytganda, UYEFA Yevropada futbolni rivojlantirish borasida keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. Demakki, boshqa qit’alardan ustunligimiz ortib boraveradi.

- Buning asosiy omili nima?

- Ma’lumki, turli musobaqalar vositasida daromad miqdorini tobora oshiryapmiz va mablag‘dan unumli foydalanyapmiz. Deylik, murabbiylar va milliy federasiyalarga yordam beruvchi mutaxassislarni o‘qitish kabi masalalarni maxsus dasturlar asosida hal etyapmiz, shuningdek, boshqaruv tizimini tobora takomillashtiryapmiz.

Qolaversa, futbol infratuzilmasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shu ishlarni muvaffaqiyat garovi sifatida ko‘rsata olaman. Muhimi, Yevropada har bir bolakay o‘z mahoratini muntazam oshirib borish imkoniyatiga ega. Bilishimcha, qolgan qit’alarda umumiy vaziyat sal boshqacha.

- Aytish joiz, «ko‘hna qit’a» futboliga ulkan sarmoya jalb etilmoqda. Umuman, Yevropada futbol allaqachon global biznes darajasiga ko‘tarildi...

- Shubhasiz, shunday. O‘ylaymanki, futbol bizda keyinchalik ham birinchi raqamli sport turi maqomini saqlab qoladi. Asosiysi, mablag‘dan samarali foydalanishni bilish kerak. Raqamlar asosida aytsam, UYEFA umumiy daromadidan 85 foizini xarajatlarga ajratadi.

Xo‘sh, yer yuzida shunday serxarajat firma yoki kompaniya bormi? Mana, to‘xtamay yangi maydonlarni barpo etyapmiz, murabbiylarni tayyorlash, bolalarni tarbiyalash bilan izchil shug‘ullanyapmiz. Qisqasi, sohamizda hech qachon katta mablag‘ to‘planib qolmaydi. Bundan ma’no ham yo‘q.

- Endi mumkin bo‘lsa, qo‘l ostingizdagi tashkilot faoliyati xususida kengroq ma’lumot bersangiz.

- 2004 yildan e’tiboran amalga oshirilayotgan katta loyihaga ko‘ra, qit’aning barcha mintaqalarida infratuzilma rivojiga sarmoya ajratyapmiz. Bunda shart bitta: milliy federasiyalar olingan mablag‘ qayerga va qanday sarflanishi haqida to‘liq ma’lumot bersa, bas.

UYEFA o‘z navbatida, joylarga o‘z mutaxassislarini yuborib, inshootlarning talablarga nechog‘li javob berishini nazorat qiladi. Murabbiylar va yosh futbolchilarni tayyorlash masalasiga ham xuddi shunday yondashyapmiz. Bolalarni siyosatchilar qiziqtirishmaydi - ular taniqli mutaxassislar va futbol yulduzlari bilan uchrashishni istaydilar.

Shunday ekan, moddiy yordam yo‘nalishini belgilashda aql bilan ish tutish lozim. Umuman, qaysi assosiasiya bizdan olayotgan mablag‘ni qayerga sarflayotganini yaxshi bilamiz.

- Navbat Rossiya mundiali mavzusiga keldi. Sizningcha, JCH-2018 mezbon mamlakat haqidagi tasavvurni o‘zgartirdimi yoki yo‘q?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:22, 22.07.2018.
O'qildi: 4339 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.