Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Ot sporti. Hamyurtimiz Rossiyadagi Gran-Prida shohsupaga ko‘tarildi

Ot sporti. Hamyurtimiz Rossiyadagi Gran-Prida shohsupaga ko‘tarildi

Baho:
+ | -

Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha «Rossiya ot sporti federasiyasi Kubogi» chavandozlarimizga yana bir medalni taqdim etdi. Musobaqada ishtirok etish uchun Gollandiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlaridan yetib kelgan Oqil Sobirjonov Gran-Prida 3-o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Belorus, Qozog‘iston va yana boshqa bir qator mamlakatlardan chavandozlar ishtirok etishdi. Oqil Sobirjonov bellashuvlarda barcha to‘siqlaridan xatolarsiz o‘tdi va terma jamoamiz hisobiga medal qo‘shib qo‘ya oldi.

Eslatib o‘tamiz, Oqil Sobirjonov konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining boshqa a’zolari bilan Gollandiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etib, jahonning ko‘zga ko‘ringan mutaxasislaridan konkur sir-asrorlarini o‘rganayotgan edi. U yerda terma jamoamiz a’zolari yana bir necha kundan so‘ng Jakartada start oladigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida bir qator nufuzli musobaqalar o‘tkazilishi va ularda chavandozlarimiz ishtirok etishi rejalashtirilgan. Oqil Sobirjonovning Gran-pridagi yutug‘i yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlari oldidan chavandozlarimiz kayfiyatiga va ruxiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi quvonarli hol albatta.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 10:20, 31.07.2018.
O'qildi: 1926 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик