Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mamlakatimizga xususiy klublar kerakligi aniq!

Mamlakatimizga xususiy klublar kerakligi aniq!

Baho:
+ | -1

Bundan chamasi bir yilcha muqaddam O‘zbekiston futboliga xususiy futbol kerakligi va uning istiqboldagi holati haqida atroflicha mulohaza yuritgandik. Bugungi kunga kelib davlat ulushi sanalgan yirik korxonalar tomonidan moliyalashtirilayotgan Superliganing bir qator klublarida moliyaviy muammolar bo‘y ko‘rsatayotgani sir emas, bu haqda ko‘p gapirilmoqda.

Futboldagi «xususiy mulk» atamasi tushunish nuqtai nazaridan u qadar murakkab emas. Bugun futbolimiz aynan mulkdorlar aralashuviga ehtiyoj sezayotgani va professional klublarni xususiylashtirish zaruriyati xususida yana bir bora to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Maqolada futbolga oid qabul qilingan so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlarga ham murojaat etilgan.

KIRISH QISMI

Angliya Premyer-ligasi yoki Yevropa Chempionlar Ligasi bahslarini kuzata turib, beixtiyor o‘ylab qolamiz: «Bizning klublar qachon xususiy bo‘larkin, qachon shu darajaga chiqarkin?» Har kimning xayolidan shu qabilidagi fikrlar ko‘p bora o‘tgandir. Germaniya yoki Ispaniyada futbol muxlislari o‘zlari yoqtirgan jamoani boshqarishda katta huquqlarga egalar.

Hattoki, ba’zi ligalarda grand jamoalarning «filiali», o‘rinbosarlar klublari va hokazo turlari mavjud. Bularning barchasi muayyan mamlakatdagi futbol qonunchiligida ko‘rsatilgan imkoniyatlar asosida yo‘lga qo‘yilgan. 

Mana, «Milan»ning xitoylik xo‘jayinlar qo‘lidan amerikalik kreditorlar ixtiyoriga o‘tib ketgani misolida ham futbolda xususiy klublar hukmronlik o‘rnatishga urinayotganini ko‘rish mumkin. «Fulxem» va «Monpelye» kabi o‘rtamiyona klublarni bemalol transferlarga qo‘l urishga undayotgan, ertangi kunga umid bilan qarashiga asos berayotgan omil aynan shu - EGASI BORLIGI.

Tabiiyki, odatda har bir loyiha uchun biznes-reja tuzilayotgan payt undan foyda olish ko‘zda tutiladi. Startaplar (qisqa muddat operasion faoliyat  yuritadigan kompaniya) kichikroq hudud va bazani mo‘ljallab tuziladi. Bizda ham futbolni yangi innovasiyalar va startaplar bilan yanada boyitish, mazmunan o‘zgartirish mumkin.

Albatta, banklar tomonidan beriladigan kredit va hamkorlarning shaxsiy mablag‘i ham bu borada rosa qo‘l keladi. Deylik, Osiyo, xususan, Xitoy futbolida yuzaga kelgan yangi loyihalar shu yo‘nalishdan bormoqda.

Asl mutaxassisligi huquqshunoslik bo‘lgan Aleksandr Cheferin UYEFA boshqaruvini qo‘lga olganidan so‘ng moliyaviy «Feyr-pley» masalasida islohotlarni boshlab yubordi. Uning mohiyati quyidagicha: klub o‘zi ishlab topgan puldan ko‘p sarflamasin, faqat zararga ish ko‘rmasin, shubhali sarmoya futbolni o‘ldirmasin! So‘nggi paytlarda Hindiston va tailandlik biznesmenlarning tumanli o‘lkadagi biznes-loyihalari ham ko‘zga tashlanib qoldi.

Tailand, Hindiston, Indoneziya va Xitoy kabi Osiyo mamlakatlari vakillarining nega aynan Angliya, Ispaniya yoki Belgiya taraflardan o‘z omadlarini izlashlariga kelsak, bunda hammasi oydek ravshan: ular o‘z brendlarini butun jahonga tezroq yoyish, tanilish va foyda olishni istashadi.

Fors ko‘rfazidan chiqqan investorlar tutayotgan yo‘lni yaqin-yaqingacha ham tushunish mushkul edi. Chunki ularning loyihalarida jahon ommasi, birinchi navbatda, iqtisodchilar uchun tushunarsiz omillar ko‘p edi. So‘nggi 3 yil ichida esa ularning shashtlari biroz pasaydi va o‘z-o‘zidan UYEFA talablariga bo‘ysunishga majbur bo‘lib qolishdi.

BIZNING FUTBOL

Professional futbol klubi tashkil qilish amaldagi qonunchilik bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari, sport tashkilotlari, shuningdek, tijorat tuzilmalari, yuridik va jismoniy shaxslardan iborat muassislar tomonidan ularning moliyaviy masalalarni hal etishdagi imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi belgilangan.

Professional futbol klubi istalgan yuridik shaxs muassisligida tashkil etilishi, O‘FA Nizomiga muvofiq, uning a’zosi bo‘lishi mumkin. Ushbu futbol klubi o‘z muassisiga foyda keltirishi yoki rentabel bo‘lishi uning biznes g‘oyalarini ifoda etuvchi tarkibiy qism sanaladi.

Bunday tajriba Xitoy futbolida keng ommalashgan. Misol uchun, «Guanjou Evergrand Taobao» klubining 37,81 foiz aksiyasi Alibaba Group kompaniyasiga tegishli. Bu kompaniya qanday ishlar bilan shug‘ullanishini ta’kidlab o‘tirishning hojati yo‘q.

OFK lisenziya qo‘mitasi delegasiyasi Osiyo Chempionlar Ligasi ishtirokchilari sonini aniqlashtirish va mintaqada futbol qay tariqa o‘sishini tekshirib ko‘rish maqsadida yurtimizga ham safar uyushtirib, Superligada mavjud professional klublar holati bilan yaqindan tanishishni odat qilganidan xabaringiz bor, albatta. Chunonchi, OFK klublarni lizensiyalash masalasiga o‘ta jiddiy yondashmoqda.

TAKLIF VA HUJJATLAR

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:30, 02.08.2018.
O'qildi: 5431 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.