Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

«Oltin jadval»: «Bunyodkor» va «Qo‘qon 1912» o‘yini natijasi «Paxtakor»ni pastga qulatishi mumkin

«Oltin jadval»: «Bunyodkor» va «Qo‘qon 1912» o‘yini natijasi «Paxtakor»ni pastga qulatishi mumkin

Baho:
+ | -

Kecha, 2 avgust kuni Superligada 20-tur o‘yinlariga yakun yasaldi. «Buxoro»ning «Metallurg» ustidan g‘alaba qozonishi va «Qo‘qon 1912»ning Toshkentdagi g‘alabasi turnir jadvalidagi kuchli oltilikka o‘zgartirish kiritdi.

Bundan tashqari, shu turdan so‘ng «Qizilqum»ning kuchli oltilikka kirish imkoniyati butunlay yo‘qqa chiqqan.

«Metallurg» bilan ochkolarini tenglashtirib olgan qo‘qonliklar jamoasi esa to‘plar nisbatiga ko‘ra, 6-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Ammo keyingi ikki turda ham tenglik saqlanib qolsa, «Metallurg» kuchli oltilikda bo‘ladi. Sababi, musobaqa reglamentining 12.1 bandiga ko‘ra, agar jamoalar ochkosi teng bo‘lsa, eng avvalo o‘zaro o‘yinlarga qaraladi. Qo‘qonda mezbonlar 2:1 yengishgan, Bekoboddagi o‘yinda «Metallurg» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. «Metallurg» safarda gol urgani uchun «Qo‘qon»dan ustun hisoblanib, jadvalda yuqoriroqqa joylashadi. 

Kuchli oltilik tarkibidagi o‘zgarish go‘yoki, turnir jadvalining yuqori qismiga, aytaylik, chempionlik kurashiga ta’siri yo‘qdek ko‘rinsa-da, yangi formatda juda katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Agar yakuniy holatda «Metallurg» va «Qo‘qon» mana shunday o‘rinlarda qolishsa, «Lokomotiv»ning chempionlik uchun imkoniyati oshib, «Paxtakor» pastga sho‘ng‘ib ketishi mumkin. Sababi, aynan «Paxtakor» bekobodliklardan eng ko‘p ochko olgan edi.

Qo‘yida e’tiboringizga 20-turdan keyingi vaziyatni havola qilamiz.

21-22 TURLAR

21 TUR. «Nasaf» – «Bunyodkor», «Lokomotiv» – «Neftchi», «So‘g‘diyona» – «OTMK», «Metallurg» – «Qizilqum», «Qo‘qon 1912» – «Paxtakor», «Navbahor» – «Buxoro»

22 TUR. «Neftchi» – «Qo‘qon 1912», «OTMK» – «Metallurg» – «Nasaf», «Buxoro» – «Lokomotiv», «Bunyodkor» – «So‘g‘diyona», «Qizilqum» – «Navbahor».

«BUXORO» UCHUN SINOV

Agar oltilik yuqoridagi kabi bo‘lsa, «Lokomotiv» ikkinchi bosqichni 1-o‘rin bilan boshlashi aniq. Chunki hech bo‘lmasa to‘plar nisbati bo‘yicha toshkentliklar «Navbahor»dan oldinda bo‘ladi. So‘nggi turlarda «Lokomotiv» ham, «Navbahor» ham «Buxoro»ga qarshi o‘ynashini ta’kidlash kerak. O‘z navbatida, buxoroliklar uchun ham bu o‘yinlar zarurdir. Birinchidan, jamoa hali kuchli oltilikdagi o‘rnini to‘liq hal qilganicha yo‘q – kuchli oltilikda qolish uchun «Buxoro» yana bir ochko olishi shart. Ana o‘shanda jamoa har qanday holatda «Qo‘qon» va «Nasaf»dan oldinda bo‘ladi. Ikkinchidan, «Buxoro» kuchli oltilikda qoladigan bo‘lgach, bu o‘yinlar ular uchun «oltin ochko» hisoblanadi, ya’ni kuyib ketmaydi. Demak bu ikki o‘yinda «Buxoro» ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushadi. Hozirda kuchli oltilik ichida eng kam «oltin ochko»ga ega bo‘lgan buxoroliklar bu borada ham vaziyatni o‘nglab olishga urinishlari tabiiy.

QO‘QONDA 5 OCHKOLIK O‘YIN

Yana bir asosiy intriga yuqorida aytilganidek, oltinchi o‘rin uchun kurash bo‘lib turibdi. «Metallurg» va «Qo‘qon 1912» o‘rtasida.

«Metallurg» keyingi turda o‘z maydonida «Qizilqum» bilan, so‘nggi turni safarda «OTMK» bilan o‘tkazadi. «Qo‘qon 1912» esa, dastlab o‘z maydonida «Paxtakor»ni qabul qilsa, keyin safarda Farg‘ona derbisida maydonga tushadi. Bu o‘yinlarda ko‘p ochko olgan jamoa kuchli oltilikka kiradi.

Ko‘rinib turibdiki, Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv keyingi turning eng markaziy o‘yini bo‘lishi aniq. Gap faqat oltilik uchun kurashda emas, chempionlik masalasiga ham ta’sir qiladigan o‘yin bo‘ladi. «Paxtakor» agar Qo‘qonda mag‘lubiyatga uchraydigan bo‘lsa, nafaqat uch ochkodan quruq qoladi, balki, qo‘qonliklarga oltilikda qolishga imkoniyat yaratib, «Metallurg»dan olingan olti ochkodan ham mahrum bo‘lib qolish xavfi ostida qoladi.

Hozirda yetti ochkolik farq bilan peshqadamlik qilayotgan «Paxtakor» hal qiluvchi bosqichni «Lokomotiv»dan 9, «Navbahor»dan 6 ochkoga pastda va hatto «Qo‘qon»dan ham pastki o‘rinda boshlashi mumkin.

Chempionat endi boshlanayotgandek...

Qahramon Aslanov tayyorladi

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 14:09, 03.08.2018.
O'qildi: 5627 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.