Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Zidandan ham salobatli – Didye Desham!

Zidandan ham salobatli – Didye Desham!

Baho:
+1 | -

Bundan 20 yil muqaddam Didye Desham o‘z tarixida ilk bora jahon futbolining tojdoriga aylangan Fransiya terma jamoasining sardori edi.

Endi u «uchranglilar»ni bosh murabbiy sifatida taxtga olib chiqdi! Albatta, mo‘’jizakor saltanat atoqli afsonalarga juda boy. Ana shu yulduzlar gulshanida Deshamning o‘ziga yarasha o‘rni, nufuzi bor.

REGBI O‘RNIGA FUTBOL

Fransuz futbolining oltin davrida saralar sardori bo‘lgan Didye mamlakatning janubi-g‘arbida joylashgan mo‘’jazgina, lekin o‘ta xushmanzara sayyohlik shaharchasi - Bayonnada tavallud topdi. Adur va Niv daryolarining qo‘shilish nuqtasida joylashgan shaharcha Ispaniyaga chegaradosh.

Bayonna Bask sohillarining poytaxti bo‘lib, Fransiyadagi basklar madaniy markazi hisoblanadi. Shu bois, yoz oylarida bu hudud korrida musobaqalari bilan gavjum bo‘ladi. Desham ana shu elat oilasida dunyoga keldi.

«O‘z elim, avlodlarim bilan faxr­lanaman. Shu o‘lkada o‘sib-ulg‘aydim. Hozir men uchun eng qiyin savol kim ekanimni aytish - fransuzmanmi yoki bask? Muhimi, 3ta qadriyatga qat’iy amal qiladigan oilada tug‘ilish baxtiga muyassar bo‘ldim: kamtarlik, halollik va mehnatsevarlik», - deydi Desham.

Didyedagi mehnatsevarlik bolaligidayoq bo‘y ko‘rsata boshladi - u otasi bilan regbi mashg‘ulotlariga yo‘l oldi. Sababi oddiy: katta Desham aynan shu sport turiga ko‘ngil bergan, lekin yuksak natijalarga erisha olmagandi. Tabiiyki, o‘z orzusiga o‘g‘li orqali erishishga intildi.

Biroq bu reja ham amalga oshmadi - «Biarris Olimpik» klubini Didye tez orada tark etdi: «Men bilan shug‘ullanayotgan bolalar jismonan juda baquvvat edilar. Men esa bu borada maqtana olmasdim».

«Qovun»dan dumaloq to‘pni afzal ko‘rgan kichik Desham ilk mashg‘ulotdayoq yetakchilik layoqati bilan tengdoshlaridan ajralib turardi. Shunga qaramasdan, avvaliga kamtarin «Bayonna» maktabida saboq oldi.

Faqat 14 yoshga chiqqanida «Nant» skautlari e’tiboriga tushdi. Shu tariqa uning professional faoliyati boshlandi. Ha, aytgancha, regbini ham butunlay unutgani yo‘q - vaqti-vaqti bilan Zidan, Lizarazyu, Bartez kabi do‘stlari hamrohligida shug‘ullanib turadi.

G‘OLIBLIK RUHIYATI

Shunday sportchilar borki, sovrinlar ularni quvib yuradi. «Tabiatan chinakam chempionlar» toifasidan bo‘lgan bu iqtidorlar kelgan jamoa albatta zafar quchadi.

Desham - ularning biri. 1989 yilda u «Marsel»ga o‘tganida, jamoa 2 marta chempionlikka erishdi. 1992-1993 yillar mavsumida esa YECHLdagi tarixiy g‘alabasini nishonladi. Undan avval ham, keyin ham hech qaysi fransuz klubi bunday natijaga erisha olmagan!

«Yuventus» bilan Didye 3 marta «A» seriyasida, Italiya kubogi va Superkubogida g‘olib chiqdi, YECHL bosh sovrini, Qit’alararo kubok va UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Faoliyatining so‘nggi bosqichida «Chelsi»ga Angliya kubogini hadya etdi. Oxirgi mavsumini «Valensiya»da o‘tkazib, chinakam mo‘’jiza ko‘rsatdi - kamtarin jamoa YECHL finalida penaltilar seriyasiga ko‘ra «Bavariya»dan yengildi!

Shubhasiz, o‘zining buyuk zafarlarini Desham Fransiya termasida nishonladi. Jamoa 1998 yilda jahon, ikki yildan keyin esa qit’a cho‘qqilarini zabt etdi. Didye ana shu oltin tarkibni saralar sardori sifatida maydonga olib tushdi.

E’tiborli jihati shundaki, Deshamdagi ishning ko‘zini bilish qobiliyati murabbiylik sohasida ham uni tark etmadi. U boshqargan «Monako» Fransiya kubogini qo‘lga kiritib, YECHLda finalgacha yetib bordi.

«Yuventus» «V» seriyasida g‘olib chiqdi, «Marsel» esa nafaqat chempionlik, balki ikkita kubokka ham sazovor bo‘ldi. Nihoyat, ishbilarmon murabbiy mamlakatning bosh jamoasini shohsupa sari yetakladi.

OLTIN JAMOANING «MESHKOB»-SARDORI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:28, 09.08.2018.
O'qildi: 7056 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.