Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Boyan Miladinovich: «O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynashim mumkin edi...»

Boyan Miladinovich: «O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynashim mumkin edi...»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik futbol muxlislari, ayniqsa, «Paxtakor» ishqibozlari Boyan Miladinovichni juda yaxshi bilishadi. Serbiyalik legioner bir necha yil davomida «Paxtakor» sharafini himoya qilib, «sherlar» tarkibida ikki martadan mamlakat chempioni hamda O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan.

O‘z vaqtida bu markaziy himoyachiga O‘zbekiston fuqaroligi ham taklif etilgandi. Lekin FIFA talablariga ko‘ra, uning milliy terma jamoamizdagi debyuti amalga oshmay qolgandi.

Hozirda Boyan Serbiya chemponatiga qaytib, o‘zining ilk klubi «Napredak» sharafini himoya qilyapti. Undan avval esa Malayziya chempionatida ham faoliyat yuritgandi. Biz Miladinovich bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Boyan, bugungi kunda nimalar bilan bandsiz? Butsalaringizni hali mixga ilmadingizmi?

- Yo‘q, futbolchilik faoliyatim davom etmoqda. Hozirda Serbiya chempionati ishtirokchisi hisoblangan Krushevasning «Napredak» klubida o‘ynayapman. Aynan ushbu jamoa tarkibida professional futboldagi faoliyatim boshlangandi.

Bir oycha avval «Napredak» bilan amaldagi shartnomamni yana bir yilga uzaytirdim. O‘ylashimcha, bu mavsum futbolchilik faoliyatimdagi so‘nggisi bo‘ladi. Shundan so‘ng butsalarimni mixga ilaman.

- Hali charchoq alomatlari sezilmayaptimi? Har holda Yevropa Osiyo emas. Sizlarda futbolni maydonda yurib o‘ynash mumkin emas, to‘g‘rimi?

- Hozircha o‘zimni tetik his qilyapman. To‘p tepish uchun xohish, ishtiyoq bor. Menimcha, bu futbolchilik faoliyatimni davom ettirishim uchun eng muhim omil. Haqiqatan ham, Yevropada mening yoshimda 90 daqiqa bir maromda o‘ynash mushkul. Osiyoda o‘yin payti nafas rostlab olish uchun imkoniyat bo‘ladi. Lekin so‘nggi paytlarda «sariq qit’a»da ham futbol saviyasi oshmoqda.

Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi kuchli chempionatlarda futbol ancha o‘sgan. Sanab o‘tgan mamlakat klublari o‘z tarkiblarni ko‘zga ko‘ringan legionerlar hisobiga kuchaytirib olishyapti.

- Jamoangiz oldiga chempionatda qanday vazifa qo‘yilyapti?

- «Napredak» klubiga Milorad Kosanovich murabbiylik qilyapti. 65 yoshli mutaxassis juda tajribali. Darvoqe, u avval Xitoyda ham ishlagan. Chin yurtida uch marotaba mamlakat chempioni bo‘lgan. Shu natijalarning o‘zi Miloradning qanday murabbiy ekanidan dalolat berib turibdi.

Jamoamizning vazifasi o‘zgarmagan. Xuddi o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi bu safar ham kuchli to‘rtlikdan joy olish uchun kurashamiz. Shu orqali Yevropa Ligasining kvalifikasiya bahslarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritmoqchimiz. Jamoamizda yosh futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etadi.

To‘rt-besh nafar tajribali futbolchi bor, xolos. Qolganlarning bari yosh iqtidor sohiblari. Klub prezidenti asosiy e’tiborni yoshlarga qaratadi va ularning eng iste’dodlilarini xorij klublariga transfer qiladi.

- Bir necha yillik tanaffusdan so‘ng Serbiyaga qaytdingiz. O‘tgan vaqt mobaynida mamlakat futbolida qanday o‘zgarishlar ro‘y beribdi?

- Yetti yil Serbiyadan tashqarida o‘ynadim. Bir narsani aniq ayta olaman, so‘nggi yillarda Serbiya futbolida o‘sish ko‘zga tashlanyapti. Buni boshqa xorijlik mutaxassislar ham e’tirof etishmoqda.

Futbol klublarining infratuzilmasi, stadionlarning holati ancha yaxshilangan. Har bir arenaning yoritish tizimi talab darajasiga keltirilgan va tungi vaqtda ham bemalol o‘yinlarni o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Xalqaro uchrashuvlarni yuqori darajada tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.

- Qanday muammolar bor?

- Eng katta muammolardan biri bu - mablag‘! Klublarda pul yetishmasligi mana bir necha yildirki, saqlanib qolmoqda. Iste’dodli futbolchilar bir-ikki yil o‘ynaganidan so‘ng klub rahbarlari ularni arzimagan mablag‘ evaziga sotib yuborishyapti.

Vaholanki, o‘sha yosh iste’dodlar yana 2-3 yil o‘ynasa, nomdor klublarga ko‘proq pul evaziga transfer qilinishi mumkin. Buning natijasida Serbiya chempionati yanada kuchayardi.

- Adashmasam, bir paytlari sizga O‘zbekiston fuqaroligini ham taklif qilishgandi, to‘g‘rimi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:53, 11.08.2018.
O'qildi: 6878 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.