Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Superliga. «Bunyodkor» «Sug‘diyona» uchrashuvida kuchlar teng keldi

Superliga. «Bunyodkor» «Sug‘diyona» uchrashuvida kuchlar teng keldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” va “Sug‘diyona” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi “Milliy” stadionida kechgan bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.

Uchrashuv kutilganidek ancha faol boshlandi. Jamoalar ketma-ket hujumlar uyishtirishdi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Sergey Lushan shogirdlari Mirjalol Qosimov jamoasiga uchrashuvdagi ilk golni urishga erishdi. Gol muallifi Ruslan Melziddinov. O‘yinning birinchi bo‘limi shu tariqa yakunlandi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limini mexmonlar ancha faol boshladi. O‘yinning 55-daqiqasiga kelib “Sug‘diyona” ikkinchi golni urishga erishdi, bu safar gol muallifi Sanjar Rashidov.

Qosimov shogirdlari o‘tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so‘ng ancha faollashdi.

O‘yinning 62-daqiqasida Anvar G‘ofurov oradagi farqni qisqartirgan bo‘lsa, 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Mirjon Miraxmadov gol urib hisobni tenglashtirdi. Mazkur bahs shu tariqa yakuniga yetdi.

Superliga, 22-tur.

"Bunyodkor" — "So‘g‘diyona" 2:2

Gollar: 0:1 - 33 Melziddinov 0:2 - 58 Rashidov, 1:2 - 62 G‘ofurov, 2:2 - 72 Mirahmadov.

"Bunyodkor": Suhrobjon Sultonov, Dilshod Jo‘rayev, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov, Murodjon Toshmatov, Sanjar Qodirqulov (Farrux Ikromov, 62) (Filip Rayevas, 80), Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Azizbek Haydarov (Mirjahon Mirahmadov, 62)

"So‘g‘diyona": Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, Sahob Rashidov, Shahboz Jo‘rabekov, Sanjar Rashidov, Izzat Abdullayev (Oybek Nurmatov, 68), Ruslan Melziddinov (Ixtiyor Toshpo‘latov 68), Milash Simonovich, Nikola Milinkovich, 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:19, 17.08.2018.
O'qildi: 5242 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик