O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlari guruh bosqichidagi ishtirokini yakunladi. So‘nggi turda vakillarimiz Tailandga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni terma jamoamiz sardori Zabihullo O‘rinboyev 17-daqiqada kiritdi. O‘rinboyev Aliboyev tomonidan yetkazib berilgan uzatmani boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgandi.
Shu tariqa Ravshan Haydarov shogirdlari guruhdagi har uchta o‘yinda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etishdi. Musobaqaning 1/8 final o‘yini 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Vakillarimiz "A", "S" yoki "D" guruhidagi uchinchi o‘rinni egallagan terma jamoa bilan bahs olib boradi.
Tailand - O‘zbekiston 0:1
Gol: Zabihillo O‘rinboyev (17)
Tailand: Kvanchay Suklom, Pavi Tantxamiti, Suriya Singmuyi, Shinnapxat Liaox, Pitivat Sukjitxummakul, Noppon Pxonkam, Vorachit Kanitsrimbupen, Chnerop Sampaodi (Supachai, 59), Chaiyavat Buran, Rattanakorn Maikami, Supachok Sarachat.
O‘zbekiston: Botirali Ergashev, Rustamjon Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov, Akramjon Komilov (Abbos Otaxonov, 54), Jaloliddin Masharipov, Odiljon Xamrobekov, Zabihillo O‘rinboyev, Javohir Sidiqov (Xurshid G‘iyosov, 82), Ikromjon Aliboyev, Azizbek Turg‘unboyev (Doston Hamdamov, 59), Dostonbek Tursunov.
Abduqodir Husanov to‘liq o‘ynagan bahda “Manchester Siti” “Inter”ga yutqazdi [3206]
«Fulxem» «Real»dan uch nafap futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi [2665]
"Barselona"ni transfer nishonining narxi keskin oshib ketdi [2038]
“Bunyodkor”ga 5 milliard ajratildi [2036]
«Arsenal» Vinisius uchun jamoadagi maoshlar tuzilmasini buzishga tayyor [2011]
«Real» o‘rtoqlik uchrashuvida «Fiorentina»ni mag‘lub eta olmadi (videosharh) [1998]
Mourinyo: "Men "Real Madrid"ning uch xil qiyofasini ko‘rdim" [1730]
«Real» Endrikning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi [1624]
«Barsa» de Yongning jarohati sababli «Jirona» yarim himoyachisi transferini ko‘rib chiqmoqda [1557]
35 yoshli Denni Uelbek rasman «Chelsi» futbolchisiga aylandi [1474]













