Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Xotira-79» Buxoro safaridan chetda qoldi. Klub jar yoqasida

«Xotira-79» Buxoro safaridan chetda qoldi. Klub jar yoqasida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pro-Liga 22-turidan joy olgan “Labsa” — “Xotira-79” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘tkazilmaydi. Bunda mezbonlarga texnik g‘alaba, mehmonlarga texnik mag‘lubiyat yoziladi. 

Uychi tumanining “Xotira-79” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida Professional futbol ligasiga tashrif buyurib, klubdagi mavjud vaziyat bo‘yicha hisobot topshirgan va barcha qarzdorlikdan 20 avgust sanasiga qadar xalos bo‘lish kafolatini bergandi. Shunga qaramay, “Xotira-79” o‘z zimmasidagi vazifani bajara olmadi. 

O‘z navbatida “Xotira-79” klubi rahbariyati ham PFLga murojaat bilan chiqib, jamoa a’zolari Buxoroga bora olmasligini ma’lum qildi. Xatda klubdagi muammolarga tuman hokimining almashishi sabab sifatida ko‘rsatilgan. 

Pro-Liganing 23-tur uchrashuvlari 26—27 avgust kunlari o‘tkaziladi. Yuqoridagi kabi holat yana bir bor takrorlansa, “Xotira-79” klubi chempionat bilan xayrlashadi. 

O‘z oldiga hech qanday maqsad qo‘ya olmaydigan va faqatgina bugungi kuni bilan yashaydigan klublar bilan chempionat saviyasini ko‘tarish qiyin. Kelasi yildan boshlab bu kabi jamoalar formati o‘zgaradigan 2-liga musobaqalarida ishtirok etishi mumkin. Pro-Ligada esa Superliganing minimal talablariga javob bera oladigan klublargina qoldiriladi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:26, 20.08.2018.
O'qildi: 6698 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик