Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Yangi futbolchi taqdimoti vaqtidagi antiqa voqealar

Yangi futbolchi taqdimoti vaqtidagi antiqa voqealar

Baho:
+ | -

Yaqinda Italiyaning «Roma» klubi shvesiyalik darvozabon Robin Olsenni o‘z safiga qo‘shib oldi. Qizig‘i, rimliklar rasmiy «Tvitter»idagi tanishtiruv sahifasida «Kopengagen»ning sobiq futbolchisini go‘yoki IKEA mebellar kompaniyasi mahsuloti sifatida ko‘rsatilgan.

Suratda «bo‘rilar»ning yangi kiperiga qo‘shimcha ravishda qo‘lqop, butsa hamda «Roma» futbolkasi qo‘shib berilgani tasvirlangan.

Shu voqea sabab avvalroq o‘zgacha tarzda o‘tkazilgan futbolchilar taqdimotlarini birma-bir yodga oldik.

Kim: Jon Terri

Qayerdan: «Chelsi»

Qayerga: «Aston Villa»

Jarayon: «WhatsApp» ijtimoiy tarmog‘idagi yozishmalar

Qachonlardir «Chelsi» va Jey Tining yo‘llari ayro tushishiga ishonish qiyin edi. 19 yil mobaynida «aris-tokratlar» safida fidoyilik ko‘rsatib, Angliya Prem-er-ligasida beshta chempionlikka erishgan, shuncha marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi g‘olibiga aylangan Terrining faoliyatini «Chelsi»da yakunlashi kutilgandi.

Biroq 2017 yilning 21 mayida «ko‘klar» safida so‘nggi o‘yinini o‘tkazgan Jon mavsumlar oralig‘ida erkin agentga aylandi. OAV uni Amerika MLSiga «jo‘natdi», shuningdek, «Temir odam»ga Xitoyning ko‘plab klublari xaridor bo‘lishdi. Terri esa Angliyada qolishni, aniqrog‘i, Chempionshipda o‘ynashni ixtiyor etdi.

Tajribali himoyachi «Aston Villa»ga o‘tdi. E’tiborli tomoni shundaki, birmingemliklar «Tvitter»ida klub bosh menejeri Stiv Bryus hamda prezidenti Toni Syaning «WhatsApp» ijtimoiy tarmog‘idagi yozishmalari joylanishi Terrining «Aston Villa»ga jalb etilishiga sabab bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay, Sya maxsus chatga futbolchining o‘zini ham qo‘shgan.

Kim: Yerri Mina

Qayerdan: «Palmeyras»

Qayerga: «Barselona»

Jarayon: maydonga getra butsalarsiz chiqish

Kataloniya klubi 2016 yilning iyulida kolumbiyalik yosh futbolchini kuzatib borgan, ammo uni faqatgina bir yarim yildan keyingina sotib olishga qaror qilgandi. Ushbu muddat ichida Mina Bogotaning «Santa-Fe»sidan Braziliyaning «Palmeyras»iga o‘tib, boshlang‘ich tarkibning ajralmas qismiga aylangandi.

U mudofaadagi ishonchli o‘yinlaridan tashqari, o‘zining to‘purarlik qobiliyatini ham namoyish etgach (28ta o‘yinda 6ta gol), «blaugranas» rahbariyati transferni kechiktirmaslik jozligini tushunib yetdi. «Kamp Nou»da o‘tkazilgan futbolchining taqdimot marosimiga ko‘pchilik to‘plandi va Mina maydonga butsa va getralarsiz chiqqanda, barcha hayron bo‘ldi.

Kolumbiyalik himoyachi ishqibozlarga iliq qarshi olishgani uchun minnatdorchilik bildirib, nima sababdan «yalangoyoq» ekanligini tushuntirdi: «Zabt etishni xohlagan yeringga oyoq qo‘ysang, niyatingga yetasan». Yerri avvalgi jamoalarida ham xuddi shunday yo‘l tutganini qo‘shimcha qildi.

Kim: Teo Ernandes

Qayerdan: «Atletiko» Madrid

Qayerga: «Real» Madrid

Jarayon: to‘p oyoqqa bo‘ysunmadi...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:57, 21.08.2018.
O'qildi: 9153 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик