Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Osiyo o‘yinlari. Qilichbozlarimiz mezbonlarni mag‘lub etishdi, suzuvchimiz finalga yo‘l oldi

Osiyo o‘yinlari. Qilichbozlarimiz mezbonlarni mag‘lub etishdi, suzuvchimiz finalga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Bugun hamyurtlarimiz Osiyo o‘yinlarining to‘rtinchi kuni doirasida bahslarga kirishishgan.

Qilichbozlik. Hamyurtlarimiz Indoneziya jamoasini 45:35 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olishdi.

Suzish. 100 metrga bras usulida suzgan Yulduz Qo‘chqarova o‘z guruhida uchinchi bo‘lib marraga yetib keldi.

Cuzish. Vladislav Mustafin 100 metrga bras usulida suzish bo‘yicha finalda ishtirok etadigan bo‘ldi.

Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmurzayev 7:50.21 natija bilan saralashda eng yaxshi natija ko‘rsatdi va finalga yo‘l oldi.

Tennis. Jo‘rabek Karimov hindistonlik Ramantan Ramkumarga qarshi o‘yinni boshladi.

Qilichbozlik. Sportchilarimiz jamoaviy bahslarda mezbonlarga qarshi kurash olib borishmoqda.

Suzish. Vladislav Mustafin 100 metrga bras usulida suzish bo‘yicha o‘z guruhida ikkinchi natijani qayd etdi. Uning finalga yo‘l olish-olmasligi birozdan so‘ng aniq bo‘ladi. 100 metrga batterflyay usulida suzgan Artyom Kozlyuk o‘z guruhida to‘rtinchi natijani qayd etdi va keyingi bosqichga o‘ta olmadi.

 

Unda bahslarga kirishadigan sportchilarimiz ro‘yxatini e’tiboringizga taqdim etamiz:

Suzish:

Artyom Kozlyuk (100m, batterflay, saralash va final)

Vladislav Mustafin (100m, bras, saralash va final)

Yulduz Qo‘chqarova (100m, bras, saralash va final)

Estafeta 4x100m

Qilichbozlik

(SHpaga, jamoaviy, saralash va final):

Roman Aleksandrov
Javohirbek Nurmatov
Fayzulla Alimov
Oleg Sokolov

Taekvondo:

-63kg: Sardor Toirov (saralash va final)
-80kg: Nikita Rafalovich (saralash va final)

Yunon-rum kurashi:

(saralash va final)

-87kg: Rustam Assakalov
-130kg: Mo‘min Abdullayev
-97kg: Jahongir Turdiyev
-77kg: Bislan Nalgiyev

Og‘ir atletika:

-69kg: Doston Yoqubov

Sport gimnastikasi:

(Bras, jamoaviy, final)

Anton Fokin
Abdulla Azimiov
Rasuljon Abdurahimov
Husniddin Abdusamatov
Akobir Hamroqulov


Velosport, shosse:

Murod Xolmurodov

Slalomda eshkak eshish:

Alibek Temirgaliyev (yarim final, final)
Abubakir Bukanov (yarim final, final)

Akademik eshkak eshish:

Shaxboz Xolmurzayev (yakkalik, yarim final)

Sardor To‘lqinxo‘jayev, Alisher Turdiyev (juftlik, yarim final)

To‘rtlik:

O‘ktamjon Davronov
Farrux Astanov
Abdullo Muhammadiyev
Shahboz Abdujabborov

O‘q otish:

(50m, saralash va final)

Sakina Mamedova
Yelena Kuznesova

Tennis:

Denis Istomin
Jo‘rabek Karimov

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 08:36, 22.08.2018.
O'qildi: 2441 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.