Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Farhod Abdullayev Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasida ish boshladi

Farhod Abdullayev Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasida ish boshladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar
FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullayev Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasining Hakamlar qo‘mitasiga rais etib tayinlandi. U MOFA tarkibidagi qo‘mitaga rahbarlik qiladigan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi.    43 yoshli Farhod Abdullayev O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining “Futbol” fakulteti magistri bo‘lib, 2004 yilda “Futbol hakamlarining tayyorgarliklaridagi muammolari” mavzusida dissertasiya yoqlagan. 2007 yilda esa Hindistonda ta’lim olib qaytgan.   Farhod Abdullayev mehnat faoliyatini 1993 yilda O‘zbekiston chempionati o‘yinlarida hakamlik qilish bilan boshlagan. 2001 yildan e’tiboran OFK va FIFA hakami sifatida o‘yinlarni boshqargan. 13 yillik hakamlik faoliyatidan so‘ng, hakamlar nazoratchisi sifatida 2007 yilda ish boshladi. 1 yil o‘tib, Farhod Abdullayevni OFK Hakamlar boshqarmasiga ishga taklif qilishadi.   2009 yilda Farhod Abdullayev Osiyoning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri Chempionlar ligasi musobaqalarining hakamlari nazoratchisi etib tayinlandi. Bundan tashqari, OFKning terma jamoalar o‘rtasidagi barcha nufuzli musobaqalarining final bosqichida, ayniqsa, 2015 yilgi Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi musobaqasida ham shu vazifani muvaffaqiyatli bajargach, 2017 yilda Hindistonda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga hakamlar nazoratchisi sifatida taklif qilindi. 2018 yilda esa, Rossiyada bo‘lib o‘tgan futbol olamining eng nufuzli turniri - jahon chempionati o‘yinlarida hakamlar nazoratchisi sifatida ish olib bordi. O‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin so‘zlasha oladi.   Ta’kidlash kerakki, Farhod Abdullayev MOFA Hakamlar qo‘mitasi raisligiga qadar, 2015-2016 yillarda OFKning hakamlar qo‘mitasining a’zosi sifatida ham faoliyat yuritgan.   Farhod Abdullayevdan tashqari, shuningdek, eronlik Ahmadrizo Baratiy MOFAning Tartib-intizom qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. 42 yoshli Baratiy Ispaniyaning xalqaro sport huquqshunosligi instituti va Eronning bir qancha shu sohadagi ta’lim muassasalarida ishlagan.    Mehnat faoliyati davomida Eron futbol federasiyasi, OFK va FIFAning Tartib-intizom qo‘mitalarida ishlagan. 2018 yilda esa OFKning futbol menejerlarini tayyorlash xalqaro o‘quv kursini tamomlagan. Ingliz va fors tillarida erkin so‘zlasha oladi.   Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, MOFAning qo‘mitalari soni bugungi kunga kelib 4 taga yetdi. Hakamlar qo‘mitasida - Farhod Abdullayev, Tartib-intizom qo‘mitasida - Ahmadrizo Baratiy raislik qilayotgan bo‘lsa, Marketing qo‘mitasida - Afg‘oniston Futbol Federasiyasi Bosh kotibi Sayid Ali Og‘azoda, Musobaqalar qo‘mitasida esa Qirg‘iziston futbol federasiyasi birinchi vise-prezidenti Dostonbek Konokbayevlar raislik qilishmoqda.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 11:53, 27.08.2018.
O'qildi: 2049 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.