Bir necha kun avval, “Chelsi” klubi himoyachisi Gari Kexill jamoasini o‘zgartirishi to‘g‘risida xabarlar chiqgandi. U faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin edi. Futbolchi bilan “Galatasaroy” qiziqayotgandi.
The Telegraph xabar berishicha, Kexill “Chelsi”da qolishga qaror qilgan.
Manbaning xabariga ko‘ra, u “aristokratlar”ning asosiy tarkibiga kirish uchun kurashadi. Maurisio Sarri uni o‘z rejalariga kiritmayapti.