«Barselona» hujumchi Markus Reshford bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi SPORT nashri.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli ingliz futbolchisi ijara muddati yakunlanganidan keyin ham Kataloniya klubida doimiy asosda qolishni istamoqda. Shu bilan birga, «Barselona» «Manchester Yunayted» bilan transfer summasi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Ta’kidlanishicha, kataloniyaliklar Reshford bo‘yicha bitimning yangi varianti yuzasidan ingliz klubi bilan kelishib olishga umid qilmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi «Barselona» safida barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol va 14 ta golli uzatma qayd etdi hamda jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylandi.













