PSJ himoyachisi Dani Alves joriy mavsum 13-raqam ostida harakatlanadi.
Bu safar Alves bu raqamni mashhur braziliyalik hujumchi Mario Zagallo sharafiga bag‘ishlab almashtirdi.
“Hayotim davomida havas qilgan insonlarni qadrlashga o‘rganganman. 13-raqam unitilmas Mario Zagalloga tegishli bo‘lgan. Bunday insonlarga o‘xshashni orzu qilaman”, - deydi Alves o‘zining instagramdagi sahifasida.
87 yoshli braziliyalik Mario Zagallo — 4 karra jahon chempioni bo‘lgan yagona insondir (ikki marta futbolchi sifatida (1958, 1962), murabbiy sifatida (1970) va murabbiy yordamchisi sifatida (1994).