“Lasio” yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichning agenti Mateya Kejman mijozining kelajagi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Yozda Sergeyning kelajagi borasida ko‘plab mish-mishlar tarqaldi. Shuni aniq ayta olamanki, u “Lasio”da qoladi. Boshqa har qanday xabarlar bu shunchaki mish-mish”, - deydi Kejman.