Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Amir Temur, Ektor Kuper, Gari Lineker va boshqalar xususida

Amir Temur, Ektor Kuper, Gari Lineker va boshqalar xususida

Baho:
+ | -

Tarixiy asarlarni ko‘p o‘qiyman, bunday kitoblarga judayam qiziqqanim bois, ulardagi ba’zi ma’lumotlarni futbolga tatbiq etganda ham bib-binoyidek xulosalar chiqishini ko‘raman.

XX asr boshlarida ijod qilgan fransiyalik tarixnavis yozuvchi Marsel Brion o‘zining Amir Temur haqidagi «Tamerlan» nomli tarixiy asarida buyuk sohib­qiron hayoti haqida hiqoya qilgan. Kitobda barcha jumlalar Movarounnahr hukmdorining o‘z og‘zidan yoziladi.

Asarda meni o‘ziga ko‘proq jalb qiladigan bitta xususiyat borki, u ham bo‘lsa ko‘p urushlardan so‘ng Amir Temur mazkur voqealarga vaqt ortidan turib baho beradi. Va ko‘proq o‘zi mag‘lub etgan mamlakat hukmdorining o‘sha urushda yo‘l qo‘ygan xatolarini tahlil qilib chiqadi. Mana ularning biridan iqtibos:

«Nishopurga urush boshlagan dastlabki kunimdanoq shuni bildimki, bu shaharning hukmdori aqlsiz, iqtidorsiz kishi ekan. U jang jarayonlarida qamal qilingan qal’a himoyachilarini boshqarish salohiyatiga ega emasligini ko‘rsatdi. U mening jangchilarimga qarshi aytarli tuzukroq chora qo‘llay olmadi.

Aqalli toshotar moslamalar yasattirib, boshimizga tosh yog‘dirsa - mazkur tadbirning o‘zi ham bizga qanchalik katta tashvish tug‘dirishi aniq edi. Qamal qilingan qal’alarda qo‘llaniladigan himoyalanish vositalaridan biri, bu - ko‘ndalang holatda halinchak kabi tebranadigan ulkan yog‘och bo‘lib, u tortib turib qo‘yib yuborilsa, devor boshiga chiqib ulgurgan askarlarimni ortga uloqtirib tashlashi mumkin edi.

Nishopurliklar, nazarimda, shu oddiy usulni ham bilishmaydiganga o‘xshaydi. Ular o‘q-yoy, qilich va nayza bilan himoyalanmoqda edilar. Vaholanki, mening jangovar minoralarimni faqat toshotar moslamalar bilangina chilparchin qilish mumkin edi. Hech bo‘lmaganda keraksiz latta-puttalarni moyga belab, uni yoqib minoralarimga otganlarida ham bizning anchagina tinkamizni quritgan bo‘lishardi.

Ammo Nishopur hukmdori garangsib qolganidanmi yoki boshqa bir sababdanmi, jang taqdiriga ta’sir ko‘rsatuvchi biror-bir chora qo‘llay olmadi».

Men bu jumlalarni o‘qir ekanman, Amir Temurni Janubiy Koreya murabbiyiga, jangda mag‘lub bo‘lgan lashkarboshini esa Babayanga o‘xshataman. Bu yerda biz o‘rganishimiz muhim bo‘lgan, bizga qo‘l keladigan ko‘plab jihatlar bor.

Shulardan eng zaruri - g‘olib jamoa lashkarboshisi, ya’ni buyuk Sohibqiron aytayotgani kabi mag‘lub tarafning potensiali borligi. Ya’ni, aslida haqiqatan ham chora bo‘lgan. Hamma gap uni qo‘llay olmaganida. Eng qizig‘i, Amir Temur buni ko‘rib turibdi. Faqat aytmaydi - chunki raqib!

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:19, 31.08.2018.
O'qildi: 11132 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.