Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Intervyu. Ante Rebich: «Men tentak emasman»

Intervyu. Ante Rebich: «Men tentak emasman»

Baho:
+ | -

Jamoatchilik butun yoz bo‘yi xorvatiyalik Ante Rebichning «Bavariya» yoki APL vakillaridan biri safiga qo‘shilishini kutdi. Biroq 24 yoshli hujumchi hammani ajablantirib, «Ayntraxt» bilan shartnomasi muddatini uzaytirdi.

JCH-2018 finalchisi germaniyalik jurnalistlar bilan suhbat chog‘i avvalo, shu qaroriga to‘xtalib, barchasini o‘ziga xos tarzda izohladi: «Ochig‘i, agar «Ayntraxt»dan hozir ketganimda, bu g‘irt ahmoqlik bo‘lardi».

- Superkubok uchun uchrashuvda yirik hisob (0:5)da mag‘lubiyatga uchradinglar, Germaniya kubogi doirasida esa kamtarin «Ulm»ga imkoniyatni boy berdinglar. Shu natijalar ta’sirida yangi kelishuvga imzo chekkaningizdan afsuslanmayapsizmi?

- Yo‘q, aslo. Avvalgi mavsum oxirida Germaniya kubogini qo‘lga kiritganimizda, jamoa bilan eng yuksak marrani zabt etganimga shubha qolmagandi. Bundan tashqari, yangi mavsum startida doimo qandaydir hayajon seziladi. Esimda, o‘tgan yili yoki undan oldingisida ham nazorat bahslarida quyi liga vakillaridan yengilgandik.

Xullas, superkubokni boy berganimiz ham, yangi kubok turniridan erta chiqib ketganimiz ham shaxsan menda qandaydir vahima uyg‘otmadi. To‘g‘ri, «Ulm»ga yutqazganimiz tushunarsiz holat, zero, bunday raqiblarni muammosiz yengishimiz shart.

Lekin «Bavariya» va «Borus­siya»dek grandlar ham nisbatan zaif raqiblar bilan uchrashuvlarda katta qiyinchiliklarga duch kelishganini unutmaylik. Shunday ekan, tushkunlikka berilish o‘rniga yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish haqida bosh qotirganimiz ma’­qul.

- «Ayntraxt» oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan? Jamoa nimalarga qodir?

- O‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatni takrorlash qiyin, albatta. Ammo YELda nimagadir intilish mumkin.  Zero, bu yo‘llanma uchun yil davomida ter to‘kkanmiz. Qisqasi, agar hozir jamoadan ketganimda, bu g‘irt ahmoqlik bo‘lardi. Men esa tentak emasman.

- Bundesliganing qaysi jihatlarini ko‘proq qadrlaysiz?

- Men uchun eng qiziqarlisi - «Bavariya» va «Borussiya» kabi nomdor jamoalarga qarshi to‘p surish. Ayniqsa, shu o‘yinlarga o‘zgacha ishtiyoq bilan shaylanaman.

- Umuman, o‘z salohiyatingizni yana qaysi ligalarda sinab ko‘rishni istardingiz?

- Ochig‘i, bu haqda o‘ylab ko‘rmaganman. Ivan Rakitich bilan gaplashganimda, u Ispaniyada menga o‘xshagan hujumchilar kamligini aytib, La-ligaga o‘tishimni tavsiya etgandi. Yashirmayman, Ispaniyadan takliflar ham yo‘q emasdi. Biroq o‘zim Bundesligada yana 1 yil to‘p surishni ma’qul ko‘rdim.

- Mourinyo qo‘ng‘iroq qilib, «MYU»ga chorlagani rostmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:27, 31.08.2018.
O'qildi: 5002 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.