Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Yoshko Gvardiol «Manchester Siti»dan boshqa grand klub safiga o‘tmoqchi

Yoshko Gvardiol «Manchester Siti»dan boshqa grand klub safiga o‘tmoqchi

Baho:
+-1 | -

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol klubini o‘zgartirishga tayyor.

24 yoshli futbolchi Bundesligaga qaytishni istamoqda — uni «Bavariya»ga o‘tish varianti juda o‘ziga jalb qilmoqda, deya xabar bermoqda «Bayern & Germany» nashri «Bild» jurnalistlariga tayanib. Xorvatiyalik futbolchining atrofidagilar ham uni Myunxenga ko‘chib o‘tishga undamoqda.

«Bavariya» Gvardiolga qiziqish bildirmoqda, biroq uning narxi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda: «shaharliklar» futbolchi uchun kamida 70 million yevro talab qilishadi. Shu sababli, Germaniya chempionlari muzokaralarga kirishishdan oldin kimnidir sotishlariga to‘g‘ri keladi.

«Manchester Siti» esa Gvardiol bilan xayrlashishni unchalik xohlamayapti — unga allaqachon yangi shartnoma taklif qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, ham markazda, ham qanotda o‘ynashga qodir bo‘lgan ushbu universal himoyachi Angliyaga yo‘l olishdan oldin «RB Leypsig» sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 09:26, 22.05.2026.
O'qildi: 4089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик