Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Ektor Kuper: «Natija kutishdan oldin, Eronning FIFA reytingdagi o‘rniga qarasak yaxshi bo‘lardi»

Baho:
+ | -1
Bo'lim: OSIYO / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Reportajlar

O‘zbekiston – Eron o‘yini oldidan bugun Toshkent shahridagi “Interkontinental” mehmonxonasida har ikki jamoa a’zolari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilyapti.

Ayni vaqtda Stadion.uz jurnalisti Akmalxon Eshonxonov matbuot anjumanida O‘zbekiston MTJ murabbiyi Ektor Kuperning bildirayotgan fikrlarini sizlarga yetkizmoqda.

“Bir narsaga aniqlik kiritishni istayman. Biz birinchi o‘yinda himoyani sinab ko‘rgan bo‘lsak ham keyingi o‘yinda faqat xujumni sinaymiz degani emas.

Men murabbiy sifatida himoya mudofaa chizig‘idagi xatolarni minimal darajaga tushurishni istayman. Himoya sifatli bo‘lsa xujum ham shunga monand bo‘ladi. Birinchi o‘yinda himoyani sinab ko‘rgan edik, endi boshqa o‘yinlarda boshqa pozisiyalarni sinab ko‘ramiz.

Masalan ertangi o‘yinda hujumni sinab ko‘rishimiz mumkin. Har bir murabbiyda o‘z qarashlari bor. Natija kutishdan oldin, Eronning reytingdagi o‘rniga qarasak yaxshi bo‘lardi. FIFA reytingida O‘zbekiston 95-o‘rinda bo‘lsa, Eron 35-o‘rinda turibdi. Buni ham hisobga olishingizni so‘rayman.

Ertangi o‘yinda futbolchilardagi o‘sishni kuzatmoqchiman. Legionerlarimiz jamoaga yaqindagina kelib qo‘shilishdi va ularni ham to‘liq o‘rganishimga vaqt kerak. Eron bilan o‘yinda Suriyaga qarshi o‘yinga nisbatan o‘sish bo‘lishiga umid qilaman”, deydi Kuper.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:59, 10.09.2018.
O'qildi: 8666 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик