O‘zbekiston milliy jamoasi bugun Eron termasiga qarshi maydonga tushadi. «Milliy» arenasida bo‘ladigan o‘yin chiptalari 8 sentyabr kuni sotuvga chiqarilgandi. Ular uch toifada va narxi - 20, 25 hamda 50 ming so‘m. O‘yin soat 20:00da boshlanadi.
Raqib - Eron termasi yakshanba kuni charter reys bilan Toshkentga keldi va «Interkontinental» mehmonxonasiga joylashdi. Karlush Keyrush jami 25 nafar futbolchini jalb etgan.
ERON TERMASI TARKIBI
Darvozabonlar: Alirizo Beyranvand, Amir Obidzoda, Husayn Husayni
Himoyachilar: Ramin Rezoiyan, Ruzbeh Cheshmi, Majid Husayni, Murtazo Puraliganji, Pejman Muntazori, Milad Muhammadi, Sodiq Muharrami, Vuriya G‘ofuri, Armin Suhrobian
Yarim himoyachilar: Said Izzatullohi, Omid Ibrohimi, Ashkan Dejaga, Saman Goddos, Mehdi Tarobi, Mas’ud Shojai, Vohid Amiri, Ali Karimi, Ehson Hojisafi
Hujumchilar: Alirizo Jahonbaxsh, Ali Gulizoda, Mehdi Taremi, Karim Ansorifard
ERON TERMA JAMOASI
Laqablari: «Fors leopardlari», «Fors shahzodalari»
Bosh murabbiy: Karlush Keyrush (Portugaliya)
Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi: Javod Nekunam (151ta)
Eng ko‘p gol urgan futbolchi: Ali Dai (109ta)
Uy stadioni: «Ozodi» (sig‘imi - 100000 tomoshabin)
Birinchi uchrashuvi: Afg‘oniston - 0:0 (Qobul, Afg‘oniston; 1941 yil 25 avgust)
Eng yirik g‘alabasi: Guam - 19:0 (Tabriz, Eron; 2000 yil 24 noyabr)
Eng yirik mag‘lubiyatlari: Turkiya - 1:6 (Istanbul, Turkiya; 1950 yil 28 may), Janubiy Koreya - 0:5 (Tokio, Yaponiya; 1958 yil 28 may)
Jahon chempionatidagi ishtiroki (5 marta): 1978, 1998 2006, 2014, 2018
Osiyo kubogidagi ishtiroki (13 marta): 1968 yildan buyon uzluksiz.
Asosiy yutug‘i: Osiyoning 3 karra chempioni.
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.