Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Cho‘chqa», «Sakkizoyoq», «Ilon»... Yoxud original laqabga ega taniqli futbolchilar

«Cho‘chqa», «Sakkizoyoq», «Ilon»... Yoxud original laqabga ega taniqli futbolchilar

Baho:
+1 | -

Millionlar o‘yinida futbolchilarning o‘yin uslubi, tashqi ko‘rinishi, jussasi va qiliqlariga qarab ularga o‘ziga xos nomlar qo‘yish urf bo‘lgan.

Soccer.ru xuddi shunday original laqabga ega o‘yinchilarni saralab, ularni muxlislar e’tiboriga havola etdi.

Karsten «Bolg‘a» Yanker. Mabodo germaniyalik ushbu futbolchining o‘yinlarini ko‘rgan bo‘lsangiz, sizda savol tug‘ilishi aniq: «Nima uchun unga «Bolg‘a» deb laqab qo‘yilgan?». Yaqinda 44 yoshni qarshilagan Karstenning tashqi ko‘rinishi savolga javob berishi mumkin. Bo‘yi 194 santimetr, taqirbosh, bahaybat, devkelbat Yankerga qo‘yilgan nom o‘zini oqlaydi.

Luis «Fenomen» Ronaldo. Katta ehtimol bilan, so‘nggi yigirma yillikning eng yaxshi markaziy hujumchisi. Ronaldo namoyish etgan futbolni ko‘rsangiz, «Fenomen» so‘zi o‘z-o‘zidan miyangizda charx urishi turgan gap.

Ole-Gunnar «Go‘daksiymo qotil» Sulsher. U hozir ham shunday ko‘rinadi. Ayni payt Sulsher Norvegiyaning «Molde» klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.

Alessandro «Pinturikkyo» Del Pyero. Italiyalik rassomning nomi berilishiga o‘ziga xos sabab bor. Xuddi Pinturikkyo singari Alessandroning yashil maydonda ko‘rsatgan shedevrlari asrlarga tatiydi. Bundan tashqari, Del Pyeroni «Mister «Yuventus» deb ham atashadi. Mazkur holatda, izohga hojat yo‘q.

Bastian «Cho‘chqa» Shvaynshtayger. Bu yerda ham hammasi oddiy. Bastianning familiyasi so‘zma-so‘z tarjima qilinganda «cho‘chqaxona» ma’nosini beradi. Ya’ni «shvayn» - cho‘chqa degani.

Toni «Golster» Polster. Avstriyalik hujumchi ko‘p gol urgani uchun uning familiyasidagi bitta harfni o‘zgartirib, «Golster» deb laqab qo‘yishgan.

Ivan «Vertolyot» Samorano. Bugungi ro‘yxat chililik forvardsiz to‘liq bo‘lmasdi, chunki Samoranoning taxalluslari juda ko‘p. «Vertolyot» laqabini esa u Yevropada orttirgan - sersoch yigit raqib jarima maydonchasida xuddi parrak singari harakatlanardi. Shuningdek, ruslar Samoranoni «Ivan Grozniy» deb atashgan. Janubiy Amerikada esa Ivanga «Bam-Bam» laqabi qo‘yilgan.

Rinat «Temir parda» Dasayev. Rinat Fayzrahmanovichning taxallusini uning «Sevilya»dagi sheriklari o‘ylab topishgan.

Lilian «Faylasuf» Tyuram. Jahon va Yevropa chempionining muvaffaqiyati faqatgina futbolga taalluqli emas. Tyuram bir nechta ilmiy unvonga ega, jumladan falsafa fanlari bo‘yicha ham.

Patrik «Sakkizoyoq» Viyeyra. Ha, bu futbolchining asosiy ustunligi - uzun oyoqlari maydon markazida hukm-ronlik qilish imkonini bergan.

Andrea «Arxitektor» Pirlo. Italiyalik yarim himoyachi murakkab uzatmalar loyihasini tuzgan, turli kombinasiyalar o‘ylab topgan. O‘zi to‘p surgan jamoalarning haqiqiy «Arxitektori» bo‘lgan.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 06:26, 17.09.2018.
O'qildi: 9044 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик