Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Nokaut va 100 million dollar: Usik chempionlik kamarlarini kikboks qirolidan himoya qildi (video)

Nokaut va 100 million dollar: Usik chempionlik kamarlarini kikboks qirolidan himoya qildi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super og‘ir vazn toifasi bo‘yicha Jahon chempioni, ukrainalik Oleksandr Usik Butunjahon boks kengashi (WBC), Xalqaro boks federasiyasi (IBF) va Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA Super) kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Misrdagi Giza ehromlari yaqinida bo‘lib o‘tgan 12 raundlik jangda u niderlandiyalik Riko Verxovenni 11-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.

Ushbu to‘qnashuv ko‘pchilik mutaxassislar kutganidan ko‘ra ancha keskin va jiddiy kurash ostida o‘tdi. Verxoven ringda munosib qarshilik ko‘rsatdi va jangning katta qismida raqibiga yuqori bosim o‘tkazdi. Niderlandiyalik sportchi o‘zining jismoniy ustunligidan unumli foydalanib, yuqori tempda oldinga intildi. Usik esa asosan qarshi hujumlarda harakat qildi, biroq raqibining faolligiga qarshi qiyinchilikka duch keldi.

Usikning yuksak mahorati faqat so‘nggi raundlarga kelibgina o‘z so‘zini aytdi. U 10-raundni yaqqol o‘z foydasiga hal qildi, 11-raundda esa Verxovenni nokdaun holatiga tushirdi. Niderlandiyalik jangchi bahsni davom ettirgan bo‘lsa-da, ukrainalik bokschining ketma-ket zarbalaridan so‘ng, hakam u endi hujumlarga javob bera olmaydi deb hisobladi va jangni to‘xtatdi. Bellashuv 11-raund tugashiga bor-yo‘g‘i bir soniya qolganda yakunlandi.

Jang to‘xtatilgan daqiqada ikki hakam durang natijani qayd etib turgan edi — 95:95, 95:95, uchinchi hakam esa ustunlikni Verxoven hisobiga yozgandi — 96:94.

Kikbokschi ustidan qozonilgan g‘alaba uchun 100 million dollar

39 yoshli Usik o‘z faoliyatida oltinchi marta WBA, uchinchi marta WBC va birinchi marta IBF unvonlarini himoya qildi. Avvalroq IBF va WBA tashkilotlari Usik g‘alaba qozongan taqdirda bu himoya jangi sifatida tan olinishini, shuningdek, Verouven g‘alaba qozonsa ham ushbu kamarlarga ega chiqa olmasligini ma’lum qilgandi. Endi ukrainalik bokschi 180 kun ichida IBF kamarining majburiy da’vogariga qarshi ringga chiqishi lozim. O‘tgan yilning noyabr oyida u Butunjahon boks tashkiloti (WBO) kamaridan voz kechgan va og‘ir vaznda mutlaq Jahon chempioni maqomini yo‘qotgan edi.

O‘zining o‘tgan jangida — 2025 yilning iyul oyida Usik britaniyalik Daniel Dyubua ustidan g‘alaba qozonib, ikkinchi bor mutlaq Jahon chempioniga aylangandi. 2024 yilda Tayson Fyuriga qarshi kechgan birinchi bahsdan so‘ng (o‘shanda Usik ilk bor mutlaq chempion bo‘lgan), u ixtiyoriy himoya jangidan bosh tortgani sababli IBF kamarini bo‘shatib bergan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:00, 24.05.2026.
O'qildi: 3176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик