Chempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumi umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi 27 avgust, payshanba kuni Monakodagi "Grimaldi Forum" majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Marosim Toshkent vaqti bilan esa 21:00da boshlanadi.
Qur’ada 36 ta klub ishtirok etadi. Shulardan 29 tasi umumiy bosqich yo‘llanmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana 7 ta jamoa pley-off bosqichi orqali musobaqaga yo‘l olgan.
Chempionlar ligasi-2026/27 ishtirokchilari
Angliya: "Arsenal", "Aston Villa", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted".
Ispaniya: "Atletiko", "Barselona", "Betis", "Real", "Vilyarreal".
Italiya: "Komo", "Inter", "Napoli", "Roma".
Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "Leypsig", "Shtutgart".
Fransiya: "Lans", "Lill", "PSJ".
Niderlandiya: "Feyenoord", PSV.
Portugaliya: "Portu", "Sporting".
Turkiya: "Galatasaroy", "Fenerbaxche".
Gresiya: AYEK.
Belgiya: "Bryugge".
Chexiya: "Slaviya" Praga.
Ukraina: "Shaxtyor".
Ozarbayjon: "Sabax".
Avstriya: LASK.
Norvegiya: "Bude-Glimt", "Viking".
Slovakiya: "Slovan" Bratislava.
Qur’ada ishtirok etuvchi 36 klub UEFA klublar koeffisiyentiga ko‘ra har birida 9 tadan jamoa bo‘lgan to‘rtta savatchaga ajratiladi.
1-savatcha:
- "PSJ"
- "Real"
- "Arsenal"
- "Manchester Siti"
- "Barselona"
- "Bavariya"
- "Liverpul"
- "Inter"
- "Atletiko"
2-savatcha:
- "Manchester Yunayted"
- "Borussiya" Dortmund
- "Roma"
- "Aston Villa"
- "Portu"
- "Sporting"
- PSV
- "Betis"
- "Bryugge"
3-savatcha:
- "Leypsig"
- "Napoli"
- "Galatasaroy"
- "Vilyarreal"
- "Fenerbaxche"
- "Lill"
- "Feyenoord"
- "Shaxtyor"
- "Bude-Glimt"
4-savatcha:
- "Komo"
- "Shtutgart"
- "Lans"
- "Slaviya"
- AYEK
- "Viking"
- LASK
- "Slovan"
- "Sabax"
Har bir klub sakkiz xil raqibga qarshi o‘ynaydi — har bir savatchadan ikkitadan jamoa tushadi. Har bir savatchadan bitta raqibga qarshi o‘z maydonida, yana biriga qarshi esa safarda bahs olib boriladi.
Bir assosiasiyaga mansub klublar odatda o‘zaro to‘qnash kelmaydi. Shuningdek, bir jamoaga boshqa bir mamlakatdan ko‘pi bilan ikki klub raqib bo‘lishi mumkin.
Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 8 sentyabr kuni start oladi. Har bir jamoa jami 8 ta o‘yin o‘tkazadi — 4 tasi o‘z maydonida va 4 tasi safarda.













